So’nggi yangiliklar

09:10Келаси мавсум Суперлиганинг икки жамоасининг фарми Пролигада иштирок этиши мумкин  0 08:42"Бухоро" директори ўз лавозимида қолади  1 08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  3 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  33 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  3 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  4 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  0 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  0 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  4 21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  15 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  2 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  6

Prevyu: “Nasaf” - “Neftchi” Yangiliklar

Prevyu: “Nasaf” - “Neftchi”

Teglar :  NasafNeftchi
“Nasaf” jamoasi navbatdagi 9-tur uchrashuvini Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Jamoalar oliy ligadagi  o'zaro 41-uchrashuvda maydonga tushishadi. Uchrashuv 6 may shanba kuni “G'uzor” markaziy stadionida soat 18:00da boshlanadi.


O'zPFL, 9-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Neftchi” (Farg'ona)
06.05.2017. “G'uzor” markaziy stadioni. 18:00da
Bosh hakam:
Viktor Serazetdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Farux Yarmuxamedov, Baxodir Baxromov (ikkalasi ham Toshkentdan)
Zaxira hakami: Asker Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: Artyom  Arutyunov (Toshkent)
O'zPFL vakili: SHerzod Rajabov

Viktor Serazetdinov o'tgan yili jamoamiz ishtirokidagi bitta uchrashuvni  boshqargan. Bunda jamoamiz “Mashal” bilan o'z maydonida bahs yuritgan va 2:0 hisobida g'alabaga erishgan.

Jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixidan

Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 40 marta o'zaro bahs olib borishgan. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarda jamoamiz 16 marta g'alaba qozongan. 15 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo'li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. To'plar nisbatida kichik ustunlik jamoamiz tomonida - 53:49.

Ushbu jamoalar ilk marta 1997 yili Qarshida o'zaro bahs olib borishgan. Esingizda bo'lsa, “Nasaf” jamoasi o'z tarixidagi ilk oliy liga uchrashuvini o'z maydonida aynan “Neftchi” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlagan edi.

Qarshidagi uchrashuvlar haqida

Jamoalar Qarshida o'zaro 20 uchrashuvda maydonga tushishgan. Bo'lib o'tgan 13 uchrashuvda “Nasaf”ning qo'li balan kelgan, 6 uchrashuvda farg'onaliklar g'alabaga erishgan. Qolgan birgina uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshida o'tkazilgan uchrashuvlarda darvozalarga jami 55ta gol kiritilgan. To'plar nisbati 36:19ni tashqil etmoqda. Ustunlik jamoamiz tomonida.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'tgan yili bo'lib o'tgan uchrashuv juda asabiy tarzda kechgan edi. Birinchi bo'limda darvozalar dahlsizligi saqlanib qolgan bo'lib, ikkinchi bo'limda muxlislar to'rtta golga guvoh bo'lishgan. Dastlab Igor Golban jamoamizni hisobda oldinga olib o'tgan bo'lsa, oradan 7 daqiqa o'tib SHerzod Hakimov hisobni tenglashtirgan. Uchrashuvning 74 va 84-daqiqalarida Dragan CHeran “Neftchi” darvozasini ikki marta ishg'ol qilib, jamoamiz g'alabasiga katta hissa qo'shgan. Bu uchrashuvda  “Nasaf” 3:1 hisobida g'alabaga erishgan edi.

“Nasaf” jamoasi o'z muxlislari oldida ilk marta “Neftchi” jamoasi ustidan 2000 yili tarixiy g'alabaga erishgan. Bu uchrashuv 4:2 hisobida yakunlangan. Uchrashuvdagi jamoamiz gollariga Rustam Abdullaev (26), Bahrom Haydarov (28), Zafar Xolmurodov (56), Murod Ismoilov (86)lar mualliflik qilishgan. “Neftchi” jamoasining ikki golini Akmal Xolmatov va Asad Do'rmonovlar kiritishgan.

“Neftchi” jamoasi so'nggi bor 2012 yili Qarshida g'alabaga erishgan. Jamoalar Qarshidagi yagona va  so'nggi 1:1 durang natijani, 2001 yili qayd etishgan.

Ro'ziqul Berdiev qo'l ostidagi “Nasaf” farg'onaliklar bilan bo'lgan uchrashuvlarda mag'lubiyatsiz seriyalarini davom ettirib kelishmoqda. R.Berdiev shu paytgacha jamoamizni milliy chempionat uchrashuvlarida  “Neftchi”ga qarshi sakkiz marta maydonga olib tushgan, shu uchrashuvlarning oltitasida jamoamizning qo'li baland kelgan va ikki uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.

Bo'lajak “Nasaf” – “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bu safar ham murosasiz va kurashlarga boy tarzda kechishini shubha qilmasa ham bo'ladi.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

Mazkur jamoalarning turnir jadvalidagi holatiga etibor qaratsak, jamoamiz o'tgan 7 uchrashuvda 13 ochko jamg'arib, 6-pog'onani band etib turibdi. “Neftchi” jamoasi esa  6 ochko bilan 14-pog'onada bormoqda.

“Nasaf” o'tgan uchrashuvda raqibiga nisbatan kuchli o'yin namoyish etib, durang natija qayd etdi. “Neftchi” jamoasi o'tgan turda “Olmaliq” jamoasini qabul qildi va ular ham 1:1 hisobida durang natijaga erishgan.

“Nasaf” – “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida bo'lib o'tishini yana bir marta eslatib o'tamiz. Uchrashuv soat soat 18:00da boshlanadi.

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv esa 5 may juma kuni Sputnik qo'rg'onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida soat 17:30da boshlanadi.

Barcha muxlislarimizni bo'lajak uchrashuvlarga chorlab qolamiz!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика