Prevyu. "Nasaf" - "Neftchi"
11 apr 2014 08:14
Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Neftchi"
Oliy liganing 5-turini ochib beruvchi bahs Qarshida "Nasaf" va "Neftchi" o'rtasida kechadi.
NASAF - NEFTCHI
11 aprel. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 17:30
Hakamlar: R.Ermatov, A.Rasulov, X.Mirzaaxmedov, D.Dosanov
Nazoratchi: D.Roman.
“Nasaf” hamda “Neftchi” klublari oliy ligada shu kungacha 34 bor kuch sinashishgan. “Neftchi” 15ta o'yinda g'alaba qozongan. 11ta uchrashuvda “Nasaf”ning qo'li baland kelgan. 8ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Neftchi” tomonida: 45:43. “Neftchi” 53 ochkoga ega bo'lgan, “Nasaf” esa 41 ochkoni qo'lga kiritgan. “Neftchi”ning “Nasaf” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 4:0ga teng bo'lsa, “Nasaf”ning farg'onaliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 4:1.
O'tgan yil Farg'onada bo'lib o'tgan o'yinda durang qayd etilgan. Birinchi bo'limda Sardor Mirzaev mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan. Artur Gevorkyan yakuniy natijani o'rnatgan – 1:1. Qarshida bo'lib o'tgan o'yinda ikkala golni ham Ilhom urgan. SHomurodov hisobni ochdi, Yunusov ikkinchi golni “Neftchi” darvozasiga urdi – 2:0.
Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
05.10.2013 Nasaf - Neftchi 2:0
05.06.2012 Nasaf - Neftchi 1:2
07.04.2011 Nasaf - Neftchi 3:0
02.04.2010 Nasaf - Neftchi 2:0
15.10.2009 Nasaf - Neftchi 3:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Nasaf” o'z uyida bo'lib o'tgan 17ta o'yinning 10tasida g'alabaga erishgan. Bitta o'yin durang bilan tugagan. “Neftchi” 6 marta Qarshidan uch ochko bilan qayta olgan.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar