So’nggi yangiliklar

16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  0 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  6 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  11 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0 15:13Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ортиқча вазнли футболчиларини четлаштиради  0 14:45Элдор Шомуродов Туркия Суперлигасининг биринчи давра рамзий жамоасидан жой олди  2 14:22Ғалабасиз мавсум  14 13:54Аҳмедов "Навбаҳор"дан кетди: унинг янги жамоаси маълум  18 13:32"Манчестер Юнайтед" "Борнмут" ярим ҳимоячисини шорт-листга қўшди  1 13:03Рэшфорд кейинги режалари билан ўртоқлашди  0 12:34Расман: "Сўғдиёна" сербиялик дарвозабон трансферини эълон қилди  6 12:06Халқаро спорт тадқиқотлари маркази Ўзбекистон Суперлигасининг энг қиммат футболчилари рўйхатини эълон қилди  3 11:42Футзал бўйича Олий лига 7-тур учрашувлари қаерда ўтказилиши маълум  0 11:11U-23 Осиё чемпионати-2018. Тор-мор этилган грандлар, Японияга ёрдам беролмаган Хави Алонсо, самолётдаги раққосалар ҳамда "қор жанги"да қўлга киритилган тарихий чемпионликни ёдга оламиз  5 10:48Юнус Али: “Жуда қийин ўйин бўлди”  1

Prevyu. "Nasaf" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Navbahor"

Teglar :  NasafNavbahorprevyu
Oliy liganing 23-turidan o'rin olgan so'nggi o'yin Qarshida "Nasaf" va "Navbahor" o'rtasida bo'lib o'tadi.

Nasaf (Qarshi) – Navbahor (Namangan)
25 sentyabr 2015. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:30
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 37 bor kesishgan. Ustunlik “Nasaf” tomonida. 19ta o'yinda qarshiliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 10ta uchrashuvda “Navbahor” g'olib bo'lgan. Sakkiz uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Nasaf” foydasiga. “Ajdarlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 58ta gol kiritib o'z darvozalaridan 56 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Ajdarlar” 65 ochkoni, “Navbahor” esa 38 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Navbahor” oliy ligada “Nasaf” ustidan 6:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi namanganliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Nasaf”ning o'zaro o'yinlardagi bu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 5:0 bo'lib turibdi.

Dastlabki davrada hisobni “Nasaf” himoyachisi Maqsud Karimov ochgandi. Bunga namanganliklar so'nggi daqiqalarda Mo'ydin Mamazulumovning goli bilan javob berishgandi – 1:1.

Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
22.08.2014 Nasaf - Navbahor 1:0
23.10.2013 Nasaf - Navbahor 5:0
20.05.2012 Nasaf - Navbahor 1:1
25.08.2011 Nasaf - Navbahor 3:2
19.09.2010 Nasaf - Navbahor 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Nasaf” oliy ligada o'z maydonida 15ta o'yinda “Navbahor”ni mag'lub etgan. Bitta uchrashuvda durang qayd etilgan. Ikkita bahsda “lochinlar” vohadan g'alaba bilan qaytishgan. “Navbahor” Qarshida 15 yildan buyon raqibni mag'lub eta olmayapti.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика