So’nggi yangiliklar

08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  14 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  18 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  137 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0

Prevyu: “Nasaf”- “Mashal” Yangiliklar

Prevyu: “Nasaf”- “Mashal”

XXV O'zbekiston milliy chempionatining so'nggi turida vohamizning ikki jamoasi – “Nasaf” va “Mashal” jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

Uchrashuv 23 noyabr chorshanba kuni G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Voha derbisi maqomiga ega uchrashuv soat 14:00da start oladi. Bir kun oldin, 22 noyabr kuni yoshlar ligasi doirasidagi uchrashuv esa, Sputnik qo'rg'onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida soat 13:30da boshlanadi.
 
 
O'zPFL, 30-tur. 23.11.2016 y.
“Nasaf” (Qarshi) – “Mashal” (Muborak)
G'uzor sh., “G'uzor” markaziy stadioni. Soat 14:00da
Bosh hakam:
Viktor Serazitdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Obid Jumaev (Navoiy), Nabiydjon Ro'zimov (Toshkent)
Zaxira hakami: Axmadjon Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: Artem Arutyunov (Toshkent)
O'zPFL vakili: Aleksey Frolov.
 
 
O'zaro uchrashuvlar tarixidan

 
Ushbu jamoalar o'rtasidagi chempionat bahslari 2002 yildan boshlangan. SHu yili jamoamiz har ikkala uchrashuvda ham muborakliklarni bir xil 2:0 hisobida mag'lub etgan. Jamoamiz safida “gazchilar” darvozasini birinchi ishg'ol etgan futbolchi Numon Hasanov hisoblanadi.
 
“Mashal” hamda “Nasaf” jamoalarining o'zaro o'yinlari tarixiga ko'z tashlasak, o'tkazilgan 27 ta o'yinning 13 tasida "ajdarlar" zafar quchganligining guvohiga aylanamiz. "Mashal" vakillari esa 8 bor g'alaba qozonishgan. Qolgan oltita bahsda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. Etiborli jihati, barcha durang natijalar Muborakda qayd etilgan.
 
To'plar nisbati bo'yicha ham mos ravishda “Nasaf” futbolchilari ustunlik qilmoqda: 44-27.
 
Voha derbisida Zafar Xolmurodov 8 marta gol kiritgan yagona futbolchi bo'lib turibdi.
 
Derbida uch marta “xet-trik” kuzatilgan. 2004 yili Muborakda Zafar Xolmurodov, 2007 yili Viktor Klishin raqib darvozabonlarini uch marta xafa qilgan.
 
Yana bir qiziqarli fakt, jamoalar tarkibida to'p surgan uch futbolchi Zafar Xolmurodov,  Jasur Boboev va Ilhom SHomurodov “Nasaf” va “Mashal” tarkibida to'p tepib, “derbi”da gol urishning uddasidan chiqishgan.
 
Bu jamoalarning o'zaro o'yinlarida eng ko'p, besh marotaba  qayd etilgan hisob - 2:0. Bu jamoalar o'zaro bahslashganda ikki bor nursiz durang qayd etilgan. Qolgan barcha uchrashuvlarda muxlislar gollarga guvoh bo'lishgan.
 
 
O'tgan yilgi mavsumda Qarshida o'tkazilgan birinchi davra o'yinida “Nasaf”ning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topgan.
 
Bu yilgi birinchi daradagi o'zaro o'tgan uchrashuvda jamoamiz Muborakda alamli tarzda “gazchilar”dan  kichik 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchrashgan.  
 
 
Qarshidagi uchrashuvlarga oid faktlar
 

Mazkur jamoalar shu paytgacha Qarshida o'zaro 13 marta kuch sinashishgan. O'tgan uchrashuvlarning 11tasida “Nasaf”ning qo'li baland kelgan. 2 uchrashuvda “Mashal” jamoasi g'alaba qozongan. Qarshida bo'lgan uchrashuvlarda jamoalar o'rtasida biron marta durang natija qayd etilmagan. To'plar nisbati esa 31:10, ustunlik “Nasaf” tomonida.
 
“Mashal” jamoasi so'nggi bor 2008 yilgi Qarshida bo'lgan uchrashuvda g'alaba qozongan. Bu uchrashuv 2:3 hisobida yakun topgan.
 
Qarshida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda uch marta 2:0, to'rt marta 3:1, ikki marta 3:0 hisoblari ham qayd etilgan.
 
 
Bo'lajak uchrashuv ahamiyati

 
“Nasaf” bu yilgi mavsumda 3-o'rinni egallab, bronza medalini qo'lga kiritdi. Ammo birinchi davradagi alamli mag'lubiyat muxlislarimizda armon bo'lib qolgan. SHuning uchun “Nasaf” jamoasi bu safar faqat muxlislarni xursand uchun maydonga tushishi aniq. Qolaversa, jamoamiz oldida turgan – O'zbekiston Kubogi-2016 final uchrashuvi  oldidan g'alaba qozonish, futbolchilarimizga ruhiy dalda ham bo'ladi.
 
 
Jamoalardagi yo'qotishlar haqida
 
Bo'lajak uchrashuv oldidan har ikkala jamoada bittadan jiddiy yo'qotishlar bor. Sariq kartochkalari soni to'rttaga etgani bois, uchrashuvni tajribali himoyachimiz Igor Golban va “Mashal” jamoasi yarim himoyachisi Zafar To'raevlar o'tkazib yuborishadi.
 
Barcha futbol ishqibozlarini voha derbisiga taklif etib qolamiz.
 
“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика