So’nggi yangiliklar

14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  7 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:21Расман: Расул Йўлдошев — "Динамо" футболчиси  4 10:48"Астон Вилла"нинг муҳим футболчилари "Арсенал"га қарши ўйнамайди  5 10:20"Тоттенхем"га Германия МТЖ аъзоси керак  0 09:51"Вулверхэмптон" АПЛнинг антирекордини ўрнатди  0 09:23Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"  3 08:50"Машъал"да нима гаплар? Жамоани бир қатор футболчилар тарк этган  5 08:14Арне Слот: "Виртц "Ливерпуль" учун ҳали кўплаб голлар уради"  1 07:33Эрон ОАВ Сергеевнинг "Сепахон"даги ойлигини маълум қилди  18

Prevyu. "Nasaf" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Lokomotiv"

Oliy liganing 7-turini "Nasaf" va "Lokomotiv" o'rtasidagi markaziy o'yin ochib beradi.
Nasaf (Qarshi) – Lokomotiv (Toshkent)
1 may 2015. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:30
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), A. Capenko (Toshkent vil.), N. Boltaev (Navoiy)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 20 bor kesishgan. Ustunlik “Nasaf” tomonida. 11ta o'yinda qarshiliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 4ta uchrashuvda “Lokomotiv” g'olib bo'lgan. Besh uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Nasaf” foydasiga. “Ajdarlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 30ta gol kiritib o'z darvozalaridan 19 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Nasaf” 38 ochkoni, “temiryo'lchilar” esa 17 ochkoni qo'lga kiritishgan.

“Nasaf” oliy ligada “Lokomotiv” ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi vohaliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlardagi bu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 5:2 bo'lib turibdi.

O'tgan yil 2-turda Toshkentda bo'lib o'tgan o'yinda hisobni mezbonlar vakili Ibrohim Rahimov ochgandi. Bunga “ajdarlar” uchrashuvning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada Ilhom SHomurodov tomonidan urilgan gol bilan javob berishgan – 1:1. Qarshida esa “Lokomotiv” yirik g'alabaga erishgan. Farhod Tojiev, Dilshod Rahmatullaev, Aleksandr Geynrix (ikkita) va Sadriddin Abdullaevning gollariga mezbonlar safida Ilhom SHomurodov va Kenja To'raev javob berishgandi – 2:5.

Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
10.08.2014 Nasaf - Lokomotiv 2:5
25.05.2013 Nasaf - Lokomotiv 2:1
17.11.2012 Nasaf - Lokomotiv 0:2
26.10.2010 Nasaf - Lokomotiv 2:0
11.04.2009 Nasaf - Lokomotiv 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt:  Qarshida bo'lib o'tgan 10ta o'yinning 7tasida “Nasaf”ning qo'li baland kelgan. Ikki o'yinda “Lokomotiv” uch ochko egasiga aylangan. Yana bitta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика