Prevyu. "Nasaf" - "Dinamo"
19 iyu 2015 10:37
Yangiliklar
Nasaf (Qarshi) – Dinamo (Samarqand)
19 iyun 2015. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 20:00
Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
“Nasaf” hamda “Dinamo” klublari oliy ligada shu kungacha 34 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlar”ning ustunligini ko'rsatmoqda. 18ta o'yinda “Nasaf”, 7 o'yinda “Dinamo” g'alaba qozongan. 9ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. “Ajdarlar” o'zaro o'yinlarda 48 bor raqib darvozasiga yo'l topa olishgan. “Dinamo” esa 33 bor gol kirita olgan. Qarshi klubi 63, Samarqand klubi esa 30 ochkoni qo'lga kiritgan. “Nasaf”ning “Dinamo” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0. “Dinamo”ning eng yirik g'alabasi esa 4:0.
O'tgan mavsum birinchi davrada Qarshida Ilhom Yunusov gol urib “Nasaf”ga g'alaba keltirgandi – 1:0. Ikkinchi davrm boshida “ajdarlar” Samarqanddan 5:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytishgan. SHerzod Azamov, Kenja To'raev, Ilhom SHomurodov va Artur Gevorkyan (2ta) gol urishgandi.
Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
15.03.2014 Nasaf - Dinamo 1:0
20.06.2013 Nasaf - Dinamo 3:2
21.11.2012 Nasaf - Dinamo 2:1
30.07.2011 Nasaf - Dinamo 0:1
01.06.2010 Nasaf - Dinamo 2:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Nasaf” o'z uyida 12 marta g'olib bo'lgan, 3ta uchrashuv durang natijasi bilan o'z nihoyasiga etgan. Ikki marta (2009 va 2011 yil) “Dinamo” Qarshidan uch ochko bilan ketgan. Oxirgi uch yilda “ajdarlar” Qarshida g'alaba qozonishgan.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar