Prevyu. "Nasaf" - "Bunyodkor"
28 may 2016 10:00
Yangiliklar


Prevyu. "Nasaf" - "Bunyodkor"
Nasaf (Qarshi) – Bunyodkor (Toshkent)
28 may 2016. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:30
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magometov.
“Nasaf” va “Bunyodkor” oliy ligada jami 18 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. SHu kunga qadar “Bunyodkor” 8ta o'yinda g'alaba qozongan. Etti o'yin durang bilan yakunlangan. “Nasaf” bugunga qadar “Bunyodkor”ni uch marta mag'lubiyatga uchratgan. “Bunyodkor” 24ta to'p kiritgan, “Nasaf” esa toshkentliklar darvozasini 9 bora aniq nishonga olgan. “Qaldirg'ochlar” o'zaro o'yinlarda 31 ochko ishlab olishgan bo'lsa, “ajdarlar”ning ushbu ko'rsatkichi 16taga teng.
“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda “Nasaf" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0 ga teng. “Nasaf”ning yirik g'alabasi esa – 2:0.
2015 yilda bu jamoalar o'rtasidagi ikkala uchrashuvda ham hisob ochilmagandi – 0:0.
Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.10.2015 Nasaf - Bunyodkor 0:0
19.05.2014 Nasaf - Bunyodkor 2:0
03.11.2013 Nasaf - Bunyodkor 1:0
26.08.2012 Nasaf - Bunyodkor 0:0
13.08.2011 Nasaf - Bunyodkor 0:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar Qarshida 9 bor kuch sinashishgan. SHundan 2tasida “ajdarlar” g'alabaga erishishgan. “Bunyodkor” safarda bu jamoani ikki marta mag'lub eta olgan. Qolgan 5 uchrashuvda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. “Bunyodkor” Qarshidagi oxirgi 5ta o'yinda gol ham ura olmagan, g'alaba ham qozona olmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar