Prevyu. "Nasaf" - "Andijon"
01 okt 2014 11:05
Yangiliklar
NASAF – ANDIJON
1 oktyabr 2014 yil. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:00
Hakamlar: X.Ro'ziev, R.SHoyaxmetov, S.SHoyusupov, D.Jalimov.
Nazoratchi: A.Abdullaev.
“Nasaf” va “Andijon” oliy ligada jami 31 bora to'qnash kelgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda. SHu kunga qadar “ajdarlar” 19ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Etti o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” bugunga qadar “Nasaf” 5 marta mag'lubiyatga uchratgan. “Nasaf” 74ta gol kiritgan, “Andijon” esa qarshiliklar darvozasini 42 bora aniq nishonga olgan. “Nasaf” o'zaro o'yinlarda 64 ochko ishlab olgan bo'lsa, “burgutlar”da ushbu ko'rsatkich 22 taga teng.
“Nasaf” o'zaro o'yinlarda “Andijon" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi - 8:1 ga teng bo'lsa, “Andijon”da bu ko'rsatkich – 6:0 bo'lib turibdi.
Birinchi davrada vodiyda bo'lib o'tgan o'yinda “Nasaf” g'alabaga erishgan. Bahsdagi yagona golni Farruh Sayfiev “burgutlar” darvozasiga urgandi – 0:1.
Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
22.04.2012 Nasaf - Andijon 4:0
06.03.2011 Nasaf - Andijon 2:0
06.05.2010 Nasaf - Andijon 3:1
23.03.2009 Nasaf - Andijon 4:2
26.04.2008 Nasaf - Andijon 2:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Nasaf” o'z uyida 13 bor g'alaba qozongan, “burgutlar” Qarshidan faqat bir marta (1999 yil) g'alaba bilan qaytgan. 2007 yildagi bahsda esa “Andijon” safarda durang o'ynagan. Oxirgi beshta uy o'yinida “Nasaf” besh bor zafar quchgan.

Fikrlar