So’nggi yangiliklar

21:08Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  0 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  3 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  2 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  6 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  23 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  23 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  30

Prevyu. Milan derbisi va 23-turning boshqa uchrashuvlari haqida Yangiliklar

Prevyu. Milan derbisi va 23-turning boshqa uchrashuvlari haqida

A Seriya turnir jadvali etakchisi hali ham o'zgargani yo'q.

"Yuventus" hamon etakchilik qilishda davom etmoqda. Keyingi o'rinni Turin klubidan uch ochko farq bilan "Inter" egallab turibdi. Rimning "Lacio" klubi ikkinchi pog'onaga chiqib olish uchun harakat qilyapti, ammo o'tgan tur "Verona"ga qarshi bahsda (0:0) hisob ochilmadi. Natijada "burgutlar" 1 ochko bilan uchinchi pog'onani band etib turishibdi.

O'tgan tur "Roma" hamda "Atalanta" kutilmagan natijani qayd etdi: rimliklar "Sassuolo"ga 2:4 hisob bilan mag'lub bo'lishdi, bergamoliklar esa "Jenoa" ustidan g'alabaga erisholmadilar (2:2). Lekin "Atalanta" bir ochko tufayli to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi, "Roma" esa beshinchi pog'onada bormoqda.

Turnir jadvalining quyi o'rinlarida jiddiy o'zgarishlar yo'q, SPAL 20-pog'onani, 19-o'rinni esa navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng bosh murabbiyini istefoga chiqargan "Breshia" egallab turibdi.  17-pog'onani esa o'yin natijalari ijobiy tomonga biroz o'zgargan "Jenoa" band etdi.

Turning eng muhim voqealari

"Breshia" ikkinchi marotaba Korinini istefoga chiqardi, "Torino" esa Valter Madzarri bilan xayrlashdi

"Breshia" mavsumda ikkinchi bor Eudjenio Korinini lavozimidan ozod etdi. Italiyalik mutaxassis bu safar ham unga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi, ketishiga esa yana bir qator muvaffaqiyatsiz natijalar sabab bo'ldi. "Qaldirg'ochlar" italiyalikning ikkinchi bor murabbiylik ruliga o'tirgan vaqtdan boshlab, 9ta o'yinda atigi 8 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldilar va elitadan chiqib ketishlari mumkin bo'lib turibdi.

"Breshia"ning yangi murabbiyi etib Diego Lopes tayinlandi. Urugvaylik murabbiyning bundan avvalgi ish joyi "Penyarol" klubida bo'lgandi. Lopes ushbu jamoa bilan Urugvay chempioni bo'lgan. Mutaxassisning Italiya chempionatida biroz tajribasi ham bor: "Kalyari" tizimida 4 mavsum ishlagan. Avvaliga yoshlar bilan faoliyat yuritgan, keyin esa sardiniyaliklarga boshchilik qilgan. SHuningdek, "Bolonya" va "Palermo"da ham ishlashga ulgurgan.

Yana bir shov-shuvli istefolardan biri Turinda sodir bo'ldi. Navbatdagi yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng, "Torino" bosh murabbiylik lavozimidan Valter Maccarrini ozod etdi. Sababi o'tgan hafta jamoasi "Lechche"ga 0:4 hisobda mag'lub bo'lgandi. Klub prezidenti birdaniga uni istefoga chiqarishi ko'pchilik uchun kutilmagan xabar bo'ldi, axir Maccarri "buqalar" bilan ozmuncha yutuqlarga erishganmidi?! (so'nggi 7 yil ichida g'alabalar foizi bo'yicha eng yaxshi murabbiyga aylangandi).

Biroq mavsum boshida hech kim voqealar rivoji bunday tus olishini kutmagandi. "Torino" Evropa Ligasi saralash bosqichini o'ziga ishonch bilan boshladi. Lekin "Vulverxempton"ga g'alabani boy berib, keyingi bosqichga chiqa olmadi. Mamlakat chempionatida ham ishonchli o'yin ko'rsatadigandek edi, biroq so'nggi uch tur ichida 13ta gol o'tkazib yubordi, kamiga bittagina gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu esa tajribali italiyalik mutaxassis obro'siga salbiy tasir ko'rsatdi.

Hozirgi murabbiyni ko'rib, ko'pchilik ajablanishi mumkin: jamoa ruliga Moreno Longo o'tirdi. U "Frozinone"dagi faoliyati bilan ko'pchilikka tanish — o'tgan mavsum 16 tur davomida Italiyada ishlagan. Morenoni Turinda ham yaxshi bilishadi. Ommaviy axborot vositalaridagi u haqidagi turli xil malumotlarga qaramay, "buqalar" muxlislari uni iliq kutib olishdi. Axir italiyalik bir paytlar "Torino" safida to'p tepgan hamda 11 yildan beri Italiya futbol tizimida faoliyat yuritadi. Xo'sh, nima bo'lganda ham, "Torino" nimalarga erishishini oldindan aytish qiyin. Biroq ertaga "Sampdoriya"ga qarshi o'tadigan bahs qiziqarli va kutilmagan voqealarga boy bo'lsa ajabmas.


Lacio ikkinchi o'ringa chiqib olish imkoniyatini qo'ldan boy berdi

O'tgan hafta "Lacio" Rimda "Verona"ga qarshi qoldirilgan bahsni o'tkazdi. Bu o'yin "burgutlar" "Inter"dan o'zib ketishi va ikkinchi o'ringa chiqib olishi uchun yaxshigina imkoniyat edi. Biroq rimliklar bundan unumli foydalana olmadilar, chunki raqib darvozasiga yo'l topolmadilar. Hozircha jamoa Milan klubidan bir ochko, Turin klubidan esa to'rt ochko ortda qolmoqda.

Bir qator g'alabali natijalar qayd etish uchun rimliklarga zaxira o'rindig'ining qisqaligi halaqit qildi: dam olishsiz maydonga tushayotgan etakchilarni almashtirish kerak. Rim klubi qishki transfer oynasida hujumchi Olive Jiruni sotib olishga harakat qildi, lekin ko'rib turganingizdek... Bir muammo ketidan yana boshqa muammo kelib chiqmoqda. Bu qiyinchiliklarni "Yuventus" va "Inter" o'rtasida oltin medallar uchun kurashning hal qiluvchi qismi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ammo... Ammo ushbu mavsumdagi eng muhim vazifa Skudettoga ega chiqish emas, balki uzoq kutilgan CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishdir.


Jenoa quyi divizionga tushib ketmaslik uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda

Genuya klubidagi vaziyat rahbariyatni transfer bozoridan olib chiqishdir. "Grifonlar" turli poziciya o'yinchilari bilan shartnoma imzoladilar. Ular orasida golkiper Mattia Perinni qaytganini alohida takidlab o'tish lozim. Himoyachilar Andrea Masello ("Atalanta") va Adam Sumaoro ("Lill"), hujum chizig'i o'yinchilari — Mattia Destro ("Bolonya"), Yago Falke ("Torino") va Valon Bexrami (erkin agent). Bu transferlar jamoa himoyasini mustahkamlash hamda hujumdagi natijalarni yaxshilashga yordam berishi lozim.

"Jenoa" so'nggi ikki o'yinda yaxshi o'yin namoyish etdi, "grifonlar" Florenciyada uch ochko olib qaytishga yaqin edilar, ammo bahsda hisob ochilmadi. O'tgan hafta esa "Atalanta" bilan ham durang natija qayd etildi (2:2). "Kalyari"ga qarshi kechadigan bahsda jamoa 4ta o'yindan buyon davom etayotgan g'alabasiz seriyaga barham berishi va 17-o'ringa chiqib olishi kutilmoqda.


Markaziy uchrashuv: "Inter" — "Milan"

Della Madonnina derbisi. Har ikki jamoa ushbu bellashuvga nisbatan yaxshi sport formasida, natija va barqaror o'yin ko'rsatib etib kelishmoqda. 

"Inter" qator duranglardan keyin "Udineze"ni mag'lub etdi (2:0). Konte jamoasi hamon "Yuventus"dan ortda qolmoqda va quvishda davom etyapti. Bo'lajak o'yindan avval "Inter"da bir nechta muhim futbolchilarning maydonga tusha olmasligi muammosi bor. Himoyachi Alessandro Bastoni va hujumchi Lautaro Martines diskvalifikaciya tufayli jamoaga yordam bera olmaydi. Bundan tashqari, barmog'ini sindirib olgan darvozabon Samir Xandanovichning ham bu bellashuvda qatnashishi so'roq ostida. 

"Milan" hamon mag'lub bo'lmayapti. O'tgan turda "Verona" bilan durang qayd etildi (1:1) va 8-o'ringa ko'tarildi. Qishki tanaffusdan keyin Stefano Pioli shogirdlari uch bor g'alaba qozondi va ikki marta durangga imzo chekdi hamda Kubok yarim finaliga chiqdi. Navbatdagi o'yinga "Milan" jiddiy yo'qotishlarsiz etib keldi. Zlatan Ibragimovich va Simon Kyaer sog'ayib safga qaytdi va o'yin qaydnomasiga kiritildi. 

Bu Antonio Konte uchun "neradzurri" ustozi va nominal mezbon sifatida ilk Della Madonnina derbisi. Avvalgi uchrashuvlar natijalariga etibor qaratadigan bo'lsak, mutaxassis murabbiy sifatida "Milan"ga hech qachon mag'lub bo'lmagan: 7 g'alaba va 3 durang.


A Seriya uchrashuvlari boshlanish vaqti

7 fevral
00:45 Roma - Bolonya

8 fevral
19:00 Fiorentina - Atalanta
22:00 Torino - Sampdoriya
00:45 Verona - Yuventus

9 fevral
16:30 SPAL - Sassuolo
19:00 Breshia - Udineze
19:00 Jenoa - Kalyari
19:00 Napoli - Lechche
22:00 Parma - Lacio
00:45 Inter - Milan


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика