So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  21 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  85 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  17

PREVYU. "Milan" bugun pley-off yo'llanmasini qo'lga kirita oladimi? Yangiliklar

PREVYU. "Milan" bugun pley-off yo'llanmasini qo'lga kirita oladimi?

Teglar :  MilanOlimpiakos
Evropa Ligasi guruh bosqichining 6-tur uchrashuvlari oldidan "Milan" - "Olimpiakos" bahsiga oid qiziqarli malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Beshinchi turda bu safar o'zaro to'qnash keluvchi raqiblar ham o'yin borasida, ham natija borasida bir-biridan keskin farq qiluvchi uchrashuvlar o'tkazishdi. Greciya klubi “Betis”ga mag'lub bo'lgan bo'lsa, Italiya vakili Lyuksemburning "Dyudelanj" jamoasini mag'lub etdi.

"Olimpiakos" yomon o'ynamadi, lekin “Betis” o'sha kuni kuchliroq ekanligi ko'rinib qoldi. Serxio Leon penaltidan unumli foydalana olmadi, ammo Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Serxio Kanales jarima maydonchasi yaqinidan bergan zarbasi “verdiblankos”ni pley-offga olib chiqdi.

“Milan” esa sal qolsa sharmanda bo'lardi. “Rossoneri” maydonga raqibni mensimayroq tushgani va oson g'alabadan umid qilgani shundoqqina ko'rinib turgandi. Ammo bunday himoya bilan raqibining Lyuksemburgdan bo'lsa ham g'alaba haqida ishonch bilan gapirib bo'lmaydi. SHtolc burchak zarbasidan so'ng qaytgan to'pga ajoyib zarba berdi. Tyurpel esa Sapataning navbatdagi xatosidan unumli foydalandi. ”Dyudelanj”dek jamoa uchun shuning o'zi katta baxt edi. Sababi ular “San-Siro”da ikkita gol urishga erishdilar. “Milan” futbolchilari o'zini yo'qotib qo'ymadi, lekin bunda ularga mehmonlar ham ko'maklashib yubordi. Stelvio va SHnel qanotdan oshirilgan uzatmalarni qaytaraman deb 2ta avtogol “sovg'a qilishdi”. Natijada, bir qarashda oson, ammo aslida o'ta qiyin g'alaba bo'ldi — 5:2.


Jadvaldagi vaziyat
Mezbonlar guruhda uchinchi o'rinni band etib turishibdi va ikkinchi pog'onadagi “Milan”dan uch to'p farq bilan ortda qolishmoqda. Pirey jamoasi agarda 2:0 hisobida zafar quchsa, keyingi bosqichga yo'l oladi. Agar “Milan” gol ursa, greklar uch to'p farq bilan g'alaba qozonishi talab qilinadi. Sababi birinchi uchrashuv 3:1 hisobida yakun topgandi. Jennaro Gattuzo shogirdlari "Betis"dan bir ochkoga ortda qolmoqda. Agar ispanlar “Dyudelanj”ni mag'lub etolmasa, italiyaliklar guruhdan birinchi o'rin bilan chiqish imkoniyatiga ega bo'lishlari mumkin.

Etibor bering
Bellashuvga bir kun qolganda grek klubida shov-shuvli, ammo tarkib va o'yinga katta tasir o'tkazmaydigan o'zgarish sodir bo'ldi. Dide Drogba vatandoshi yarim himoyachi Yaya Ture “Olimpiakos” bilan shartnomasini bekor qildi. Kelishuvni kim bekor qilgani haqida aniq emas, lekin rasmiy malumotlarda har ikki tomon roziligi bilan deb aytildi.

Mezbonlar tarkibida ushbu o'yinda himoyachi Leonardo Kutris va yarim himoyachi Nauel Leyva jarohatlar sabab qatnasha olmasligi mumkin. Lekin jiddiyroq yo'qotish deb Lazaros Xristodulopulosning yo'qligini aytish mumkin. Futbolchi kamida dekabr oyi oxiriga qadar mashg'ulotlarda qatnasholmaydi. Lazaros jarohatgacha olti gol urishga muvaffaq bo'lgandi, Etiborlisi shundaki, ularning beshtasi Evropa Ligasida bo'lgan edi.

“Milan”da asosiy tarkibning besh nafar vakili o'yinda ishtirok eta olmaydi. Ayniqsa, markaziy himoyadagi muammolarni etirof etmasak bo'lmaydi. Mattia Kaldara kamida yanvar oyigacha maydonga qaytmaydi. Alessio Romanoli va Mateo Musakkio deyarli tuzalishdi. Futbolchilar umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnasha boshlashdi. SHunga qaramay, Alessio Romanoli “Olimpiakos” bilan o'yinda maydonga tushmasligi aniq. Mateo Musakkio juda zarur bo'lsa, tavakkal qilib, maydonga tashlanishi mumkin. Bundan tashqari hujumchi Fabio Borini Italiya chempionatining so'nggi uchrashuvini to'pig'idagi jarohat bois o'tkazib yubordi. Jennaro Gattuzo bugun uning ham xizmatlaridan foydalana olmaydi.

Uchrashuv bosh hakami Benua Bastenning statistik ko'rsatkichlari bilan tanishin: 2017/18 va 2018/19 yilgi mavsumlarda xalqaro maydonda hakam 11ta bahsda qatnashdi. 46 bor futbolchilarga sariq kartochka o'rtacha har o'yinda 4.2 tadan), 2 marotabadan esa qizil kartochka ko'rsatgan.

Trend
Evropa Ligasida “Olimpiakos” o'z maydonidagi 8ta o'yinda mag'lub bo'lmadi (4 g'alaba, 4 durrang). Ushbu musobaqada mehmondagi 6 o'yinda Milan 4 bor g'alaba qozona olmadi (2 durrang, 2 mag'lubiyat). Evropa Ligasida “Olimpiakos” 8 o'yinida 5 bor har ikki jamoaga gol urgan, “Milan”da bu ko'rsatkich esa 6 o'yinda 5 martta.


Portugaliyalik Pedro Martinsh mavsum boshidan buyon qo'llab kelayotgan 4-2-3-1 o'yin sxemasiga sodiq qolmoqda.

“Milan” ustozi Jennaro Gattuzo esa goh 4-3-3, goh 4-4-2 sxemalariga murojaat qilmoqda. Birinchi o'yin “Parma” bilan, ikkinchisi “Torino” bilan. Ammo undanda qiziqrog'i, “Lacio”ga qarshi uchrashuvda Gattuzo taktik jihatdan ancha bosh qotirishiga to'g'ri keldi. Jarohatlar sabab markaziy himoyaga kimni qo'yishni bilmay qiynaldi. Bundan bir necha oy avval “Milan” markaziy himoyasida Inyacio Abate-Kristian Sapata-Kristian Rodriges harakat qilishi, jamoa muxlislarining qo'rqinchli tushlariga ham kirmasa ham kerak. Ammo “Lacio” bilan bahsda bu amalga oshdi. “Olimpiakos” bilan o'yindan oldin ham “Milan” tarkibida yo'qotishlar etarli. Katta ehtimol bilan bugungi uchrashuvda markaziy himoyada yana Sapata va Abate harakat qilsa ajab emas.

Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика