So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Prevyu. Metallurg – So'g'diyona Yangiliklar

Prevyu. Metallurg – So'g'diyona

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi mavsumni Bekobodda "Metallurg"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Metallurg (Bekobod) – So'g'diyona (Jizzax)
5 mart 2016. Bekobod. "Metallurg". 16:00
Hakamlar:  V. Ceytlin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi:  SH. Jumaev (Qarshi).

 “Metallurg” va “So'g'diyona” oliy ligada 28 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “So'g'diyona”ning ustunligini ko'rsatmoqda.

“So'g'diyona” ushbu raqibni 12 marta mag'lub etgan. 6ta o'yinda durang qayd etilgan. “Metallurg” esa “So'g'diyona”ni 10 marta talsim qila olgan. “So'g'diyona” o'zaro o'yinlarda 43ta gol urgan, “Metallurg” futbolchilari 38 marta jizzaxliklar darvozasini ishg'ol etishgan. Jizzax klubi o'zaro o'yinlarda 42 ochkoga ega bo'lgan, Bekobod klubi hisobida 39 ochko bor. “Metallurg”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:2ga teng bo'lsa, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati 4:0 bo'lib turibdi.

2015 yil dastlabki davradagi o'yin Yangierda tashkil etilgandi. O'sha bahsda tomonlar har qancha harakat qilishmasin raqib darvozasiga yo'l topa olishmagandi - 0:0. “Metallurg” maydonida mehmonlar zafar quchishgan. “So'g'diyona” safida Saydullo Rahmatov va Akmal Abdurahmonov to'p kiritishgan bo'lsa, “Metallurg”dan Ayubxon No'monov gol urgandi – 1:2.

Bekobodda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.08.2015 Metallurg - So'g'diyona 1:2
14.05.2014 Metallurg - So'g'diyona 4:2
20.04.2013 Metallurg - So'g'diyona 2:1
10.06.2011 Metallurg - So'g'diyona 3:2
18.05.2009 Metallurg - So'g'diyona 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” maydonida bo'lib o'tgan 14ta o'yinning 8tasida maydon egalari g'alaba qozonishgan, 3 marta g'olib aniqlanmagan. “So'g'diyona” safarda uch marta uch ochkoni o'ziniki qilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика