So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Prevyu. "Metallurg" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" - "Qizilqum"

Oliy liganing 14-turida "Metallurg" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi.
Metallurg (Bekobod) – Qizilqum (Navoiy)
27 iyun 2015. Bekobod. “Metallurg” stadioni. 18:30
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), A. Sidorov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 30 bor kesishgan. Ustunlik “Qizilqum” tomonida. 14ta o'yinda “Qizilqum”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 8ta uchrashuvda “Metallurg” g'olib chiqqan. Yana 8ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Qizilqum” foydasiga. Navoiyliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 43ta gol kiritib o'z darvozalaridan 32 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Qizilqum” 50, “Metallurg” esa 32 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Metallurg” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi bekobodliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 5:0ga teng.

O'tgan yilgi ikkala uchrashuv ham durang natija bilan tugagan. Bekobodda Dilmurod Karimov hisobni ochgan, Vladimir SHishelov javob to'pini kiritgandi – 1:1. Navoiyda esa tomonlar umuman gol ura olishmagandi – 0:0.

Bekobodda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
14.06.2014  Metallurg - Qizilqum 1:1
07.04.2012  Metallurg - Qizilqum 3:1
07.04.2012  Metallurg - Qizilqum 1:0
23.04.2011  Metallurg - Qizilqum 3:1
31.10.2010  Metallurg - Qizilqum 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bekobodda bo'lib o'tgan o'yinlarda “Metallurg” 6 marta g'alaba qozongan. 5ta uchrashuv durang qayd etilgan. Qolgan 4ta o'yinda “Qizilqum” safarda zafar quchgan. Bekobodda bo'lib o'tgan so'nggi besh o'yinda “Qizilqum” g'alaba qozona olmayapti.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика