So’nggi yangiliklar

14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги ассамблеяси ўтказилди  0 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  1 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  0 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  0 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  0 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  7 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  5 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  1 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  5 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  2 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  8

Prevyu. "Metallurg" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" - "Paxtakor"

Bekobodning "Metallurg" klubi amaldagi chempion "Paxtakor" bilan bellashadi.
Metallurg (Bekobod) – Paxtakor (Toshkent)
10 may 2015. Bekobod. “Metallurg” stadioni. 17:00
Hakamlar
: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

“Metallurg” hamda “Paxtakor” oliy ligada 34 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 27tasida poytaxtliklar g'olib bo'lishgan, 3ta o'yinda “Metallurg” g'alabani tantana qilgan. O'zaro o'yinlarda 4 marta durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga 93:25 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “sherlar” 85 ochkoni, “Metallurg” esa 13 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor”ning “Metallurg” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 6:0. “Metallurg”ning o'zaro o'yinlarda “sherlar” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 3:1ga teng.

O'tgan mavsum Birinchi davrada Toshkentda tashkil etilgan uchrashuvda Aleksandr Merzlyakov va Kaxi Maxaradzening gollariga “Metallurg”dan Dilmurod Karimov bir bor javob bergandi – 2:1. Bekobodda esa tomoshabinlar 6ta golning guvohi bo'lishgan. Jamshid Iskanderov, Bahodir Pardaev (2ta), Igor Sergeev mehmonlar safida, Dilmurod Karimov va Hikmat Hoshimov mezbonlar tarkibida gol urishgan – 2:4.

Bekobodda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.10.2014 Metallurg - Paxtakor 2:4
29.03.2013 Metallurg - Paxtakor 2:0
04.08.2012 Metallurg - Paxtakor 1:2
19.05.2011 Metallurg - Paxtakor 0:1
26.08.2010 Metallurg - Paxtakor 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” o'z uyida bu raqibni uch marta mag'lub etgan. Bekobodda bo'lib o'tgan ikkita o'yinda g'olib aniqlanmagan. Qolgan 12ta bahsda “sherlar” safardan uch ochko bilan qaytishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика