So’nggi yangiliklar

14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  8 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:21Расман: Расул Йўлдошев — "Динамо" футболчиси  4 10:48"Астон Вилла"нинг муҳим футболчилари "Арсенал"га қарши ўйнамайди  5 10:20"Тоттенхем"га Германия МТЖ аъзоси керак  0 09:51"Вулверхэмптон" АПЛнинг антирекордини ўрнатди  0 09:23Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"  5 08:50"Машъал"да нима гаплар? Жамоани бир қатор футболчилар тарк этган  5 08:14Арне Слот: "Виртц "Ливерпуль" учун ҳали кўплаб голлар уради"  1

Prevyu. "Metallurg" - "Neftchi" Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" - "Neftchi"

Oliy liganing 4-turida Farg'onaning "Neftchi" klubi Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ladi.
Metallurg (Bekobod) – Neftchi (Farg'ona)
11 aprel 2015. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 16:00
Hakamlar:
V.Ceytlin, T.Gaynulin, N.Ro'zimov, R.Lutfulin
Nazoratchi: D.Roman.
 
“Metallurg” va  “Neftchi” oliy ligada 34 bora to'qnash kelishgan. Natijalar vodiy jamoasining kattagina ustunligini ko'rsatmoqda.

“Neftchi” 34ta o'yindan 20tasini yutgan. 8ta bahsda durang qayd etilgan. “Metallurg” bu raqibni 6 marta mag'lub etgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 68ta gol kiritgan, bekobodliklar 34 bora farg'onaliklar darvozasini ishg'ol etishgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 68 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan bo'lsa, “Metallurg”da bu ko'rsatkich 26ni tashkil etadi. Vodiy klubining o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 7:1ga teng bo'lsa, “Metallurg”da bu ko'rsatkich 3:1ga teng.

O'tgan yil Bekoboddagi uchrashuvda mehmonlar vakili Otabek Zokirov hisobni ochgandi. Sunnatilla Mamadaliev va SHaxzodbek Nurmatovning urgan gollari evaziga “Metallurg” irodali g'alabaga erishgan – 2:1. Farg'onada ham maydon egalari xuddi shu hisob bilan zafar quchishgan. Bu safar ham hisobni mehmonlar vakili ochdi. SHoxnazar Norbekovning urgan goliga maydon egalaridan Ruslan Melziddino va Akmal Xolmatov javob berishgan – 2:1.

Bekobodda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
03.05.2014 Metallurg - Neftchi 2:1
03.11.2013 Metallurg - Neftchi 0:0
26.06.2012 Metallurg - Neftchi 1:1
01.11.2011 Metallurg - Neftchi 0:0
21.08.2010 Metallurg - Neftchi 2:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” mezbonlik qilgan o'yinlarda “Neftchi” 5 marta g'alabaga erishgan. 7 bahsda durang qayd etilgan. Besh bora Bekobod klubi o'z uyida zafar quchgan. Qizig'i oxirgi 7ta o'yindan 6tasida durang natija qayd etilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика