Prevyu. "Metallurg" - "Navbahor"
08 avg 2015 09:10
Yangiliklar


Prevyu. "Metallurg" - "Navbahor"
Metallurg (Bekobod) – Navbahor (Namangan)
8 avgust 2015. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 18:00
Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
“Metallurg” va “Navbahor” klublari oliy ligada shu kungacha 35 bor kuch sinashishgan. “Navbahor” 17ta o'yinda g'alaba qozongan. 9ta uchrashuvda “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda 9 marta durang qayd etilgan. To'plar nisbatida katta ustunlik “Navbahor” tomonida: 56:36. “Lochinlar” o'zaro o'yinlarda 60 ochkoga ega bo'lishgan, “Metallurg” esa 36 ochkoni qo'lga kiritgan. “Navbahor”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 7:0ga teng bo'lsa, “Metallurg”ning namanganliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 3:0.
Birinchi davrada mehmonlar vakili Alisher Ziyovuddinov hisobni ochgandi. Azim Ahmedov va Dilshod Jabborovning gollari “Navbahor”ni oldinga olib chiqqandi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada Dilmurod Karimov penaltini aniq amalga oshirgandi – 2:2.
Bekobodda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.04.2014 Metallurg - Navbahor 2:0
04.08.2013 Metallurg - Navbahor 2:0
21.04.2012 Metallurg - Navbahor 0:0
05.11.2011 Metallurg - Navbahor 0:0
10.04.2010 Metallurg - Navbahor 0:2
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” o'z maydonida ushbu raqibni 9 marta mag'lub etgan. Olti uchrashuv durang bilan tugagan. “Navbahor” 2 marta Bekobodda g'alaba qozongan. “Lochinlar” safardagi so'nggi to'rt uchrashuvda to'p kirita olmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar