Prevyu. "Metallurg" - "Mashal"
04 apr 2015 09:54
Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" - "Mashal"
Oliy liganing 3-turida Muborakning "Mashal" klubi safarda "Metallurg" bilan o'ynaydi.
METALLURG – MASH'AL
4 aprel 2015. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 16:00
Hakamlar: B.Nomozov, R.Serazetdinov, A.Sidorov, SH.Qayumov.
Nazoratchi: S.Najafaliev.
“Metallurg” va “Mashal” oliy ligada jami 24 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Muborakliklar 12ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 6ta o'yinda durang qayd etilgan. 6 uchrashuvda esa “Metallurg” zafar quchgan. To'plar nisbatida ham “Mashal” oldinda – 45:32. O'zaro o'yinlarda “Mashal” 42 ochkoni, “Metallurg” esa 24 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Mashal”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1 ga teng. “Metallurg”da bu ko'rsatkich 4:2 bo'lib turibdi.
O'tgan yil 13-turda Muborakda bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlar zafar quchishgan. Zafar To'raev, Zohir Qo'ziboev va Mo'ydin Mamazulumovning gollariga bekobodliklar safida SHahzodbek Nurmatov javob bergandi – 3:1. Bekobodda esa tomoshabinlar 6ta golning guvohiga aylanishgan. SHahzodbek Nurmatov (ikkita), Zohib Abdullaev va Sunnatilla Mamadaliev bittadan gol urishgan. Muborak klubi safida Abbos SHodmonov va Jamshid Hasanov o'z hisoblariga gol yozib qo'yishgan – 4:2.
Bekobodda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
07.11.2014 Metallurg - Mashal 4:2
17.11.2012 Metallurg - Mashal 2:1
20.06.2011 Metallurg - Mashal 3:1
18.09.2010 Metallurg - Mashal 1:0
07.08.2009 Metallurg - Mashal 1:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar Bekobodda 12ta o'yin o'tkazishgan. SHu o'yinlardan 4tasida Mashal, 5tasida Metallurg g'olib bo'lgan. 3ta uchrashuvda durang hisobi qayd etilgan. Muborak klubi Bekoboddagi oxirgi 6ta o'yinda umuman g'alaba qozona olmagan.

Fikrlar