So’nggi yangiliklar

14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  0 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  2 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  6 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   1 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  11 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  2 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2

Prevyu. "Metallurg" – "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" – "Bunyodkor"

Mamlakat milliy chempionatining 26-turida Bekobodning "Metallurg" klubi o'z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi.

Mamlakat milliy chempionatining 26-turida Bekobodning "Metallurg" klubi o'z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi.Mazkur jamoalar shu kunga qadar o'zaro 24 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar yurtimizning nomdor klublaridan sanaluvchi “Bunyodkor” foydasiga. Toshkentliklar 18 ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Ikkita o'yinda “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. 4 ta chrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati: 50-21.

Jamoalarning o'zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2009 yili Bekoboddagi o'yinda kuzatilgandi. O'shanda bunyodkorchilar mezbonlar darvozasiga javobsiz to'rtta to'p yo'llashgandi. Eng sermahsul uchrashuv esa undan bir yil muqaddam Toshkentdagi uchrashuvda qayd etilgan. Qaldirg'ochlarning to'rtta goliga bekobodliklar ikkita aniq zarbasi bilan javob qaytarishgan.

Bu yilgi chempionatning birinchi davrasida Toshkentda kechgan o'yinda 3:1 hisobida mezbonlar zafar quchishgandi. Barcha gollar ikkinchi taymda kiritilgan. SHahzod Nurmatov (56), Sardor Sobirxo'jaev (67) hamda Javlon Ibrohimov (85) larning gollariga SHahzod SHaymanov 82-daqiqada penaltidan bitta gol bilan javob qaytargandi.



Bekobodda o'tgan barcha uchrashuvlar:

19.07.2018 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:1
14.10.2017 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:1
16.06.2016 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:1
26.04.2015 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:2
01.10.2014 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:2
17.08.2013 «Metallurg» - «Bunyodkor» 2:3
27.09.2012 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:3
23.10.2011 «Metallurg» - «Bunyodkor» 2:1
19.03.2010 «Metallurg» - «Bunyodkor» 0:1
25.06.2009 «Metallurg» - «Bunyodkor» 0:4
17.08.2008 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:2
01.04.2007 «Metallurg» - «Bunyodkor» 0:1

Bekoboddagi o'zaro o'yinlar haqida fakt : “Metallurg” o'z maydonida faqat bir bor “Bunyodkor”dan ustun kelgan. Bekobodda o'tgan so'nggi uch uchrashuvda jamoalar bir xil hisobdagi durangga imzo chekishdi.



Tanishing – “Bunyodkor”

Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi mamlakatimizning eng yosh jamoalaridan biri sanaladi. Klubga asos solinganiga endigina 14 yil bo'ldi. Ammo qisqa fursat ichida jamoa birinchi ligadan oliy ligaga yo'l oldi va kuchlilar safida ham doimiy ravishda etakchilar qatoridan o'rin egallab kelayapti. 2007 yildan elita safida “qaldirg'ochlar” besh marta O'zbekiston chempioni, ikki marta vice-chempion, bir marta bronza medali sovrindori, to'rt marta O'zbekiston kubogi sohibi va besh karra finalchisi, O'zbekiston Superkubogi sohibi bo'ldi. 2008 yildan Osiyo chempionlari ligasida yurtimiz sharafini himoya etib kelayotgan “Bunyodkor” jamoasi ikki marta qitaning mazkur nufuzli turnirida yarim finalgacha etib bordi (2008, 2012 yillar). Oliy ligadagi eng past ko'rsatkichi to'rtinchi o'rin bo'lgan (2014-2015, 2017 yillar).

“Bunyodkor”ning uy stadioni mamlakatimizning eng muhtasham futbol majmuasi “sanalardi”. 2012 yilning 28 sentyabr sanasida qurib, foydalanishga topshirilgan,  “Bunyodkor” va O'zbekiston milliy terma jamoasi uy stadioni hisoblanuvchi maskan o'z bag'riga 34000 tomoshabinni sig'diradi. Ammo yaqindan “Bunyodkor” stadioni O'FA balansiga o'tkazildi va endilikda u “Milliy” stadion deb atala boshlandi.

“Bunyodkor” bugungacha oliy liga bahslarida 335 ta uchrashuv o'tkazgan. SHulardan 229 tasida g'alaba qozongan, 64 tasida durang o'ynagan, 42 tasida mag'lubiyatga uchragan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi – 641:204. Jamoaning oliy ligadagi eng yirik g'isobli g'alabasi – 7:0 (“SHo'rtan”, 2008 yil), eng yirik mag'lubiyati – 0:3 (“Lokomotiv”, 2015 yil).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика