So’nggi yangiliklar

09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  0 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  3 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  0 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  7 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  11 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  32 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  3 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5

Prevyu. "Metallurg" - "Andijon" Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" - "Andijon"

O'tgan turda Qarshida sensaciya ko'rsatgan bekobodliklar bugun o'z maydonlarida "Andijon"ni sinovdan o'tkazadilar.

Metallurg (Bekobod) – Andijon (Andijon)

23 may. 17:00

Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), A. Usmanov (Toashkent), N. Ruzimov (Toshkent), A. Ergashev (Tashkent)

Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).


“Metallurg” va “Andijon” oliy ligada jami 30 bora to'qnash kelgan. Kichik ustunlik “Metallurg” tomonida. 12ta o'yinda bekobodliklarning qo'li baland kelgan. 10ta o'yinda “burgutlar” g'olib bo'lishgan. Yana 8ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbatida ham kichik ustunlik “Metallurg” tomonida 51:48. “Metallurg” o'zaro o'ynlarda 44, “Andijon” esa 38 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan.

“Metallurg”ning “Andijon” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi –4:1. Qizig'i andijonliklarning bu ko'rsatkichi ham 4:1 bo'lib turibdi.

O'tgan mavsumda Bekobodda o'tgan bahsda “Metallurg” zafar quchgan. SHuxrat Yo'ldoshev, Murod Toshmatov va SHahzodbek Nurmatovning gollariga “burgutlar”dan Mirzakamol Kamolov va SHahzod SHaymanov javob berishgandi – 3:2. Andijondagi uchrashuvda durang kuzatilgan. Lochin Soliev va Mirzakamol Kamolov maydon egalari tarkibida, SHoxnazar Norbekov va Sardor Rasulov bekobodliklar safida gol urishgan – 2:2.

Bekobodda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
01.06.2014 Metallurg - Andijon  3:2
17.03.2012 Metallurg - Andijon  1:1
24.09.2011 Metallurg - Andijon  4:1
02.10.2010 Metallurg - Andijon  2:1
11.04.2009 Metallurg - Andijon  2:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” o'z uyida 11 marta muvaffaqiyat qozongan. Bekobodda 2 bor durang qayd etilgan. “Andijon” bu raqib maydonidan faqat bir bor g'alaba bilan qaytgan (2007 yil). Oxirgi olti uchrashuvda “Metallurg” o'z maydonida “burgutlar”ga mag'lub bo'lmagan.

Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика