So’nggi yangiliklar

18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  0 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  0 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  3 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  0 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  16 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  18 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0 15:13Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ортиқча вазнли футболчиларини четлаштиради  0 14:45Элдор Шомуродов Туркия Суперлигасининг биринчи давра рамзий жамоасидан жой олди  2 14:22Ғалабасиз мавсум  14 13:54Аҳмедов "Навбаҳор"дан кетди: унинг янги жамоаси маълум  20 13:32"Манчестер Юнайтед" "Борнмут" ярим ҳимоячисини шорт-листга қўшди  1 13:03Рэшфорд кейинги режалари билан ўртоқлашди  0 12:34Расман: "Сўғдиёна" сербиялик дарвозабон трансферини эълон қилди  8 12:06Халқаро спорт тадқиқотлари маркази Ўзбекистон Суперлигасининг энг қиммат футболчилари рўйхатини эълон қилди  3

Prevyu. "Metallurg" - "Andijon" Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" - "Andijon"

Teglar :  MetallurgAndijon
Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan birinchi o'yin Bekobodda "Metallurg" va "Andijon" o'rtasida bo'lib o'tadi.

Metallurg (Bekobod) – Andijon (Andijon)
10 iyun 2016. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 18:00
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
UzPFL vakili: V. Letkin.

“Metallurg” va “Andijon” oliy ligada jami 32 bora to'qnash kelgan. Kichik ustunlik “Metallurg” tomonida. 13ta o'yinda bekobodliklarning qo'li baland kelgan. 11ta o'yinda “burgutlar” g'olib bo'lishgan. Yana 8ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbatida ham kichik ustunlik “Metallurg” tomonida 56:50. “Metallurg” o'zaro o'ynlarda 47, “Andijon” esa 41 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan.

“Metallurg”ning “Andijon” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi –5:1. Andijonliklarning bu ko'rsatkichi - 4:1.

O'tgan mavsumda Bekoboddagi uchrashuvda mezbonlar yirik hisobda zafar quchishgan. Murodjon Toshmatov (2ta), SHahzodbek Nurmatov (2ta) va Saidjon Abdujabborovning gollariga Lochin Soliev javob bergandi – 5:1. Vodiyda esa SHukur Jumaboevning urgan goli “burgutlar”ga g'alaba keltirgandi – 1:0.

Bekobodda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
23.05.2015 Metallurg - Andijon  5:1
01.06.2014 Metallurg - Andijon  3:2
17.03.2012 Metallurg - Andijon  1:1
24.09.2011 Metallurg - Andijon  4:1
02.10.2010 Metallurg - Andijon  2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” o'z uyida 12 marta muvaffaqiyat qozongan. Bekobodda 2 bor durang qayd etilgan. “Andijon” bu raqib maydonidan faqat bir bor g'alaba bilan qaytgan (2007 yil). Oxirgi etti uchrashuvda “Metallurg” o'z maydonida “burgutlar”ga mag'lub bo'lmagan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика