Prevyu. "Mashal" - "Sho'rtan"

Narzulla Saydullayev
18 avg 2017, 09:40
Oliy liganing 18-turida "Mashal" o'z maydonida voha derbisi doirasida G'uzorning "Sho'rtan"jamoasini qabul qiladi.

Oliy liga 18-tur (shanba) 18:30
Mashal (Muborak) – Sho'rtan (G'uzor)
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), R. No'monov (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent),
 D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

"Sho'rtan" va "Mashal" Oliy ligada jami 21 bora to'qnash kelishgan. Natijalar "Mashal" ning ustunligini ko'rsatmoqda. Muborakliklar 12  ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 1 ta  o'yinda durang qayd etilgan. 8 uchrashuvda esa "Sho'rtan" zafar quchgan. To'plar nisbatida ham "Mashal" oldinda - 35:19. O'zaro o'yinlarda "Mashal"37 ochkoni, “Sho'rtan” esa 25 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Mashal” ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0 ga teng
“Sho'rtan”.da bu ko'rsatkich 3:1 bo'lib turibdi.

Birinchi  davraning 3-turida muborakliklar Sardor Rahmonov va Zafar To'raevning gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Muborakda o'tgan so'nggi uchrashuvlar:
14.05.2016  Mashal – Sho'rtan  2:1
06.06.2015  Mashal – Sho'rtan  1:2
09.08.2012  Mashal – Sho'rtan  1:3
01.11.2011  Mashal – Sho'rtan  2:1
11.09.2010  Mashal – Sho'rtan  1:0
08.05.2009  Mashal – Sho'rtan  1:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt : Bu jamoalar o'rtasidagi Muborakda bo'lib o'tgan 10ta o'yindan 7 tasida Mashal g'alaba qozongan. Sho'rtan esa uch marta g'alabani nishonlagan .

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia