So’nggi yangiliklar

18:25Вадим Абрамов: "Биз биринчи ўринни эгаллашимиз ҳам мумкин эди"  2 17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  7 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0 16:34"Андижон" 7 январь куни Туркияга йўл олади  4 16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  6 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  2 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  2 14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  2 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  4 13:55Манба: Суперлига-2026да апрель ойи ҳақиқий "боксинг дэй"га айланади  12 13:29U-23 Осиё Кубоги олдидан: рақиблар ва имкониятлар  5 13:07Кавани бутсаларини михга илди  21 12:40"Қўқон-1912" қисқа муддатли таътилга чиқди  2 12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  6

Prevyu. "Mashal" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Prevyu. "Mashal" - "Qo'qon-1912"

Muborakning "Mashal" klubi o'z maydonida "Qo'qon-1912" jamoasini qabul qiladi.
Mashal (Muborak) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
25 aprel 2015. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:00
Hakamlar
: V.Ceytlin, M.Saidqosimov, T.Gaynulin, E.Tursunov
Nazoratchi: B.Galeev.
 
“Mashal” va “Qo'qon-1912” oliy ligada 6 bora to'qnash kelishgan. Natijalar voha klubining ustunligini ko'rsatmoqda.

“Mashal” ushbu raqibni 4 marta mag'lub etgan. Bitta o'yinda durang qayd etilgan. “Qo'qon-1912” hisobida bitta g'alaba mavjud. “Gazchilar” o'zaro o'yinlarda 10ta gol urishgan, qo'qonliklar  5 marta muborakliklar darvozasini ishg'ol etishgan. Muborak klubi o'zaro o'yinlarda 13 ochkoga ega bo'lgan, Qo'qon klubi hisobida 4 ochko bor. “Mashal”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 2:0ga teng bo'lsa, “Qo'qon-1912”ning eng yirik muvaffaqiyati 3:1 bo'lib turibdi.

Bu jamoalar so'nggi bor 2003 yilgi mavsumda to'qnash kelishgan. O'sha yil Qo'qonda bo'lib o'tgan uchrashuvda “Mashal” g'olib bo'lgan. Qudrat Madaminov va Davron Umurov maydon egalari darvozasiga gol urishgan. Muborakda ham “gazchilar” zafar quchishgan. Rustam Qodirov (2ta) va Konstantin Boev qo'qonliklar darvozasiga to'p kiritishgan, bo'lsa Andrey Strelcov hamda Ahdam Jonaliev Muborak klubini ranjitishgandi – 3:2.

Muborakda o'tgan barcha uchrashuvlar:
20.09.2003 Mashal - Qo'qon-1912 3:2
02.11.2002 Mashal - Qo'qon-1912 2:0
15.04.1995 Mashal - Qo'qon-1912 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Mashal” maydonida bo'lib o'tgan 3ta o'yinning barchasida mezbonlarning qo'li baland kelgan. Muborak klubi har bir o'yinda kamida ikkitadan to'p kiritgan.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика