Prevyu. "Mashal" - "Neftchi"
23 apr 2016 09:15
Yangiliklar
Mashal (Muborak) – Neftchi (Farg'ona)
23 aprel 2016. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:00
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
O'zPFL vakili: R. CHernikov.
“Mashal“ hamda “Neftchi“ shu kunga qadar o'zaro 30 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar “Neftchi”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Vodiyliklar 30 bahsning 19tasida g'alaba qozonishgan. 10ta o'yinda “Mashal”ning qo'li baland kelgan. Bu jamoalar shu kunga qadar oliy ligada bir marta durang o'ynashgan. To'plar nisbati ham “Neftchi” foydasiga 55-29. O'zaro o'yinlarda “Neftchi” 58 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Mashal” 31 ochkolik bo'lgan.
“Neftchi”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 7:0. “Mashal”ning “Neftchi” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 3:0 ni tashkil etadi.
O'tgan yil Farg'onada o'tgan bahsda mezbonlar g'alaba qozonishgan. O'sha o'yin tugashiga 4 daqiqa qolganida hozirda "Qo'qon-1912"da o'ynayotgan Otabek Haydarov to'p kiritib "Neftchi"ga g'alaba olib kelgandi - 1:0. Muborakda esa “Mashal” g'olib bo'lgan. SHerzod Hakimov hisobni ochgandi. Bunga muborakliklar safida Siroj Hamroev va Humoyun Murtazoev javob berishgandi – 2:1.
Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.08.2015 Mashal - Neftchi 2:1
12.09.2014 Mashal - Neftchi 1:0
22.09.2012 Mashal - Neftchi 3:0
10.06.2011 Mashal - Neftchi 3:2
16.10.2010 Mashal - Neftchi 3:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi Muborakda kechgan 15ta uchrashuvning 9tasida “Mashal” zafar quchgan. “Neftchi” 6 marta “Mashal”ni mag'lub etib qaytgan. Muborakda o'tgan oxirgi besh o'yinda "Neftchi" besh bor mag'lub bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar