Prevyu. "Mashal" - "Navbahor"
09 apr 2016 09:30
Yangiliklar
Prevyu. "Mashal" - "Navbahor"
Mashal (Muborak) – Navbahor (Namangan)
9 aprel 2016. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 16:30
Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
“Mashal” va “Navbahor” oliy ligada jami 30 bora to'qnash kelishgan. Natijalar muborakliklarning ustunligini ko'rsatmoqda. “Mashal” 12ta o'yinda zafar quchgan, 7ta o'yinda durang qayd etilgan. “Navbahor” hisobi 12ta g'alaba bor. To'plar nisbatida esa “Navbahor” oldinda - 40:36. O'zaro o'yinlarda “Navbahor” 40, “Mashal” 43 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Navbahor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 8:0 ga teng. “Mashal”da bu ko'rsatkich 5:0 bo'lib turibdi.
O'tgan yil birinchi turda Namanganda o'tgan bahsda “Mashal” 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Vladislav Ivanov va SHoxrux Dostonovning gollari Muborak klubiga uch ochko keltirgan edi. Muborakdagi o'yinda esa durang qayd etilgan. Alisher Mahmudov va SHahboz Erkinov tomonidan urilgan gollarga mezbonlar safida SHerzod Fayziev hamda Humoyun Murtazoev javob bergandi – 2:2.
Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
03.08.2015 Mashal - Navbahor 2:2
06.06.2014 Mashal - Navbahor 3:1
30.06.2012 Mashal - Navbahor 2:0
14.06.2011 Mashal - Navbahor 2:0
31.10.2010 Mashal - Navbahor 2:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalarning Muborakda o'tgan o'yinlarida “Mashal” 9 bor zafar quchgan. To'rt bor g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. “Navbahor” hisobida 2ta g'alaba mavjud. So'nggi marta “Navbahor” Muborakdan 2004 yil g'alaba bilan qaytgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar