Prevyu. "Mashal" - "Metallurg"
11 mar 2016 09:15
Yangiliklar
Mashal (Muborak) – Metallurg (Bekobod)
11 mart 2016. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 16:30
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), N. Ro'zimov (Toshkent), R. No'monov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
“Mashal” va “Metallurg” oliy ligada jami 26 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Muborakliklar 12ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 7ta o'yinda durang qayd etilgan. 7 uchrashuvda esa “Metallurg” zafar quchgan. To'plar nisbatida ham “Mashal” oldinda – 46:34. O'zaro o'yinlarda “Mashal” 43 ochkoni, “Metallurg” esa 28 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Mashal”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1 ga teng. “Metallurg”da bu ko'rsatkich 4:2 bo'lib turibdi.
O'tgan yil birinchi davrada Bekobodda tashkil etilgan bahsda Sardor Rasulov tomonidan birinchi bo'limda urilgan gol “Metallurg”ga muhim g'alabani keltirgandi – 1:0. Muborakda esa Alisher Ziyovuddinov hisobni ochgandi. “Mashal” hujumchisi Humoyun Murtazoevning goli jamoaga durang keltirgandi – 1:1.
Muborakda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
15.08.2015 Mashal - Metallurg 1:1
21.06.2014 Mashal - Metallurg 3:1
24.03.2012 Mashal - Metallurg 2:1
31.07.2011 Mashal - Metallurg 2:1
01.05.2010 Mashal - Metallurg 1:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar Muborakda 13ta o'yin o'tkazishgan. SHu o'yinlardan 8tasida “Mashal” g'olib bo'lgan. “Metallurg” safardan faqat bir marta (2002 yil) g'alaba bilan qaytgan. 4ta uchrashuvda durang hisobi qayd etilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar