Prevyu. "Mashal" - "Lokomotiv"
26 iyu 2015 10:30
Yangiliklar

Prevyu. "Mashal" - "Lokomotiv"
Toshkentning "Lokomotiv" klubi Muborakda "Mashal" klubi mehmoni bo'ladi.
Mashal (Muborak) – Lokomotiv (Toshkent)
26 iyun 2015. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 18:30
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
“Mashal“ va “Lokomotiv“ oliy ligada jami 18 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar “Mashal”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Mashal” 18 bahsning 9tasida g'alaba qozongan. Bitta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan va 8ta o'yinda “Lokomotiv”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Mashal” foydasiga 24:20. O'zaro o'yinlarda “Mashal” 28 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Lokomotiv” 25 ochkolik bo'lgan.
“Lokomotiv”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:1. O'z navbatida “Mashal”ning “temiryo'lchilar” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:1 ni tashkil etadi.
O'tgan yil har ikkala bahsda ham “Lokomotiv” g'alaba qozongan. Muborakdagi bahsda Lutfulla To'raev va Farhod Tojiev gol urishgandi – 0:2. Toshkentda esa Lutfulla To'raev hisobni ochgandi. Zohir Qo'ziboev dastlab raqib, so'ngra o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ygan. Uchrashuvga so'nggi nuqtani Marat Bikmaev qo'ygandi – 3:1.
Muborakda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.05.2014 Mashal – Lokomotiv 0:2
26.08.2012 Mashal – Lokomotiv 1:2
15.05.2010 Mashal – Lokomotiv 1:0
09.10.2009 Mashal – Lokomotiv 1:0
18.05.2008 Mashal – Lokomotiv 2:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Mashal” klubi o'z uyida “Lokomotiv”ga qarshi kechgan 9ta o'yindan uchtasi mag'lub bo'lgan. Qolgan 6ta o'yinda muborakliklar zafar quchishgan. “Temiryo'lchlar” bu raqib maydonida umuman durang o'ynashmagan.

Fikrlar