So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  1 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  2

Prevyu. "Lokomotiv" – "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "Lokomotiv" – "Qizilqum"

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 20 bor kesishgan.
Natijalar Toshkent klubining ustunligini ko'rsatmoqda. “Lokomotiv” 9 marta, “Qizilqum” 7 marta g'alabaga erishishgan. Yana 4ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Lokomotiv” foydasiga. Toshkentliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 28ta gol kiritib o'z darvozalaridan 18 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “temiryo'lchilar” 31, “Qizilqum” 25 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Lokomotiv” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi poytaxtliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:1ga teng.

O'tgan yil Toshkentdagi uchrashuvda mezbonlar yirik hisobda zafar quchishgandi. Mehmonlar vakili Ruslan Vagapov hisobni ochgan, Ivan Nagaev, Ibrohim Rahimov, Sadriddin Abdullaev va Ilhom Suyunovning gollari “temiryo'lchilar”ga irodali g'alabani taqdim etgandi – 4:1. Navoiyda ham 5ta gol urilgandi. Mezbonlar safida Samandar SHodmonov (ikkita) to'p kiritgan, Sadriddin Abdullaev, Farhod Tojiev va Alisher SHog'ulomov mehmonlar tarkibida gol urishgandi – 2:3.  

Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
16.05.2014 Lokomotiv - Qizilqum 4:1
31.05.2013 Lokomotiv - Qizilqum 3:1
25.06.2012 Lokomotiv - Qizilqum 0:1
21.10.2010 Lokomotiv - Qizilqum 1:0
07.08.2009 Lokomotiv - Qizilqum 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” maydonida bo'lib o'tgan 10ta o'yinning 7tasida maydon egalari uch ochkoga ega bo'lishgan. Bir marta durang qayd etilgan va “Qizilqum” 2 bora Toshkentdan g'olib sifatida qaytgan.

Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика