So’nggi yangiliklar

07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  1 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  10 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  4 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  14 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0

Prevyu. "Lokomotiv" - "Olmaliq" Yangiliklar

Prevyu. "Lokomotiv" - "Olmaliq"

Bugun oliy liganing 24-turida "Lokomotiv" va "Olmaliq" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Lokomotiv (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq)
30 sentyabr 2015. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 16:00
Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.

“Lokomotiv“ hamda “Olmaliq“shu kunga qadar o'zaro 13 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar "Lokomotiv”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Olmaliq” 3ta o'yinda yutgan, “Lokomotiv” hisobida esa 7ta g'alaba bor. Yana uchta o'yin durang bilan tugagan. To'plar nisbatida toshkentliklar ustun: 21-17. O'zaro o'yinlarda “Olmaliq” 12, “Lokomotiv” esa 24 ochko qo'lga kiritgan.

“Olmaliq”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. O'z navbatida “temiryo'lchilar”ning  “Olmaliq” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0 ni tashkil etadi.

Birinchi davrada Olmaliqda o'tgan bahsda durang qayd etilgan. O'yindagi hisobni Jahongir Abdumo'minov ochgandi. Bunga Sanjar SHoahmedov javob bergandi. SHavkat Salomov yana "Olmaliq"ni oldinga olib chiqqandi. Uchrashuv so'nggida Lutfulla To'raev yakuniy hisobni o'rnatgandi - 2:2.

Toshkentda o'tgan barcha uchrashuvlar:
01.06.2014 Lokomotiv – Olmaliq 3:0
28.06.2013 Lokomotiv – Olmaliq 1:0
17.08.2012 Lokomotiv – Olmaliq 4:2
08.05.2010 Lokomotiv – Olmaliq 0:0
16.05.2009 Lokomotiv – Olmaliq 2:1
09.07.2008 Lokomotiv – Olmaliq 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Lokomotiv” klubi shu kungacha oliy ligada o'z maydonida besh marta "Olmaliq"ni mag'lub etdi. Bitta o'yinda durang qayd etilgan. "Olmaliq" o'z tarixida "temiryo'lchilar" maydonida umuman g'alabaga erisha olmagan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика