Prevyu. “Lokomotiv” – “Navbahor”
26 mar 2019 12:57
Yangiliklar
Prevyu. “Lokomotiv” – “Navbahor”
Mazkur klublar O'zbekiston chempionatlarining Superliga (oliy liga) bahslarida o'zaro 30 marta kuch sinashishgan. Mazkur o'yinlarning 17 tasida “temiryo'lchilar” zafar quchishgan bo'lsa, 8 ta uchrashuvda “lochinlar” g'alaba qozonishgan. Yana 5 ta o'yinda esa jamoalar durangga imzo chekishgan.
To'plar nisbatidagi ko'rsatkich – 54-39, “Lokomotiv” foydasiga.
Ushbu klublarning o'zaro o'yinlaridagi eng yirik hisob 2016 yili qayd etilgan bo'lib, unda “temiryo'lchilar” o'z maydonlarida 5:0 hisobida zafar quchishgan.
“Lochinlar”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi 2007 yili Namanganda qayd etilgan bo'lib, unda “Navbahor” 6:2 hisobida zafar quchgandi.
O'zaro bahslarda toshkentliklar 56, namanganliklar esa 29 ochkoni qo'lga kiritishgan.
“Lokomotiv” – “Navbahor” jamoalari o'rtasida shu kungacha Toshkentda o'tkazilgan 15 ta uchrashuvning 12 tasida “temiryo'lchilar” zafar quchishgan, 2 ta o'yinda durang natija qayd etilgan hamda 1 ta bahsda “lochinlar” g'alaba qozonishgan.
"Navbahor" poytaxtdagi yagona g'alabasini 2010 yilgi mavsumda qo'lga kiritib, “Lokomotiv” ustidan 3:1 hisobida zafar quchgandi va o'shandan buyon Toshkentda g'alaba qozonolmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar