So’nggi yangiliklar

14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  8 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:21Расман: Расул Йўлдошев — "Динамо" футболчиси  4 10:48"Астон Вилла"нинг муҳим футболчилари "Арсенал"га қарши ўйнамайди  5 10:20"Тоттенхем"га Германия МТЖ аъзоси керак  0 09:51"Вулверхэмптон" АПЛнинг антирекордини ўрнатди  1 09:23Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"  5 08:50"Машъал"да нима гаплар? Жамоани бир қатор футболчилар тарк этган  5 08:14Арне Слот: "Виртц "Ливерпуль" учун ҳали кўплаб голлар уради"  1

Prevyu. "Lokomotiv" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Lokomotiv" - "Navbahor"

Namanganing "Navbahor" klubi Toshkentda "Lokomotiv" klubi mehmoni bo'ladi.
Lokomotiv (Toshkent) – Navbahor (Namangan)
1 iyul 2015. Toshkent. TTYMI stadioni. 19:30
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

 “Navbahor” hamda “Lokomotiv” oliy ligada jami 20 bora to'qnash kelishgan. “Lokomotiv” 9 marta, “lochinlar” 7 marta g'olib chiqqan, 4ta bahsda durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Navbahor” foydasiga 29:27ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'yinlarda “Loko” 31, “Navbahor” 25 ochkoni qo'lga kiritishgan.

“Navbahor”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 6:2. “Temiryo'lchilar”ning o'zaro o'yinlarda namanganliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 3:0.

O'tgan mavsum birinchi turda Kosonsoyda bo'lib o'tgan o'yinda “temiryo'lchilar” muvaffaqiyat qozonishgan. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqada Ivan Nagaev mezbonlarni mag'lub etishga etarli bo'lgan to'pni kiritgandi – 0:1.  Toshkentda Aleksandr Geynrix va Alisher SHog'ulomovning gollari “Loko”ga 3 ochko keltirgandi – 2:0.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
04.08.2014 Lokomotiv - Navbahor 2:0
03.11.2013 Lokomotiv - Navbahor 3:0
25.10.2012 Lokomotiv - Navbahor 3:0
24.04.2010 Lokomotiv - Navbahor 1:3
03.10.2009 Lokomotiv - Navbahor 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” o'z maydonida bo'lib o'tgan 10ta o'yinning 7tasida g'olib chiqqan. Ikki marta g'olib aniqlanmagan bo'lsa, “Navbahor” safarda faqat bir bor muvaffaqiyat qozongan. 2010 yilgi mavsumda “lochinlar” Toshkentdan 3:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytishgan. Oxirgi uch yilda “Navbahor” safarda bu raqibga faqat mag'lub bo'lgan va umuman gol ura olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика