So’nggi yangiliklar

14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  1 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  0 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  11 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  3 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  11 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  7 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  19 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  4

Prevyu. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Lokomotiv" - "Bunyodkor"

Teglar :  LokomotivBunyodkor
15-turning markaziy uchrashuvi Toshkentda "Lokomotiv" hamda "Bunyodkor" o'rtasida bo'lib o'tadi.

 Lokomotiv (Toshkent) – Bunyodkor (Toshkent)
1 iyul 2016. Toshkent. "TTYMI" stadioni. 19:00
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).

“Bunyodkor” va “Lokomotiv” oliy ligada 16 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning ustunligini ko'rsatmoqda.

“Bunyodkor” ushbu raqibni 8 marta mag'lub etgan. 4ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. “Lokomotiv” hozirgacha “Bunyodkor”ni 4 marta mag'lub eta olgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 25ta gol urgan, “Lokomotiv” futbolchilari 18 marta hamshaharlari darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 28 ochkoga ega bo'lgan, “temiryo'lchilar” hisobida 16 ochko bor. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:0ga teng. “Lokomotiv”ning eng yirik g'alabasi – 3:0.

O'tgan mavsum ikkala o'yinda ham “Lokomotiv” g'alaba qozongandi. “Temiryo'lchilar” maydonida o'tgan o'yinda Temurxo'ja Abduxoliqov, Jasur Hasanov va Ruslan Koryan mezbonlarga g'alaba keltirishgandi – 3:0. “Bunyodkor” stadionidagi uchrashuvda esa Sanjar SHoahmedov tomonidan urilgan gol “Loko”ga g'alaba olib kelgan – 0:1.

“Lokomotiv” maydonida o'tgan oxirgi besh uchrashuv:
13.04.2015 Lokomotiv - Bunyodkor 3:0
28.08.2014 Lokomotiv - Bunyodkor 1:2
05.08.2013 Lokomotiv - Bunyodkor 1:1
08.10.2012 Lokomotiv - Bunyodkor 3:1
09.04.2010 Lokomotiv - Bunyodkor 0:4

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” maydonida bo'lib o'tgan 8ta o'yinning to'rttasida mehmonlar g'alaba qozongan. Bitta uchrashuvda durang kuzatilgan. “Temiryo'lchilar” o'z uyilarida uch marta zafar quchishgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика