So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Prevyu. "Lokomotiv" - "Andijon" Yangiliklar

Prevyu. "Lokomotiv" - "Andijon"

Toshkentning "Lokomotiv" klubi o'z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi.
Lokomotiv (Toshkent) – Andijon (Andijon)
10 may 2015. Toshkent. “TTYMI” stadioni. 19:00 (SPORT TV live)
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), O. Abduvasilov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
 
“Lokomotiv” va “Andijon” oliy ligada jami 16 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Lokomotiv”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 9ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 3ta  o'yinda durang qayd etilgan. 4 uchrashuvda esa “burgutlar” zafar quchishgan. To'plar nisbatida ham “Loko” oldinda - 27:17. O'zaro o'yinlarda “temiryo'lchilar” 30 ochkoni, “Andijon” esa 15 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1 ga teng. “Andijon”da bu ko'rsatkich 5:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil “Loko” o'z maydonida Farhod Tojiev va Ivan Nagaevning dubllari evaziga 4:0 hisobida zafar quchgandi. “Andijon” maydonida ham mag'lub bo'lgan. Abbos Maxstalievning goliga mehmonlar Aleksandr Geynrix va Farhod Tojievning gollari bilan javob bergandi – 1:2.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
28.04.2014  Lokomotiv – Andijon  4:0
11.05.2012  Lokomotiv – Andijon  1:1
18.09.2010  Lokomotiv – Andijon  2:0
09.11.2009  Lokomotiv – Andijon  2:2
29.06.2008  Lokomotiv – Andijon  2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Andijon” co'nggi marta “Lokomotiv” uyidan 2007 yilgi mavsumda uch ochko bilan qaytgan. Umuman olganda o'sha g'alaba “burgutlar”ning safarda qo'lga kiritilgan yagona g'alabasi bo'lib turibdi. Qolgan o'yinlardagi natijalar qo'yidagicha – 2 durang, 5 mag'lubiyat.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика