So’nggi yangiliklar

20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  0 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  3 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  7 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  0 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  3 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  0 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  21 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  32 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0 15:13Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ортиқча вазнли футболчиларини четлаштиради  0 14:45Элдор Шомуродов Туркия Суперлигасининг биринчи давра рамзий жамоасидан жой олди  2 14:22Ғалабасиз мавсум  17

Prevyu: KXDR – O'zbekiston Yangiliklar

Prevyu: KXDR – O'zbekiston

Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida, ertaga, 16 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O'yindan avval guruhdagi holat

Pxenyan shahrida bo'lib o'tadigan ushbu uchrashuv Mirjalol Qosimov shogirdlari uchun saralash bosqichidagi dastlabki o'yin bo'lsa, KXDR terma jamoasi uchun ikkinchi o'yindir. O'zbekiston saralashning dastlabki turida dam olgan va ushbu vaqtdan unumli foydalanish maqsadida Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan edi. O'sha kuni SHimoliy Koreya safarda Yamanga qarshi o'ynab, 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. “H” guruhidagi boshqa bir o'yinda esa Filippin terma jamoasi Baxraynni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Ushbu o'yindan avval Filippin hamda KXDRda 3tadan ochko bor.



  H guruhi

Jamoalar

O'

G'

D

M

U-G

O'-G

T-N

O

Filippin

1

1

0

0

2

1

1

3

KXDR

1

1

0

0

1

0

1

3

O'zbekiston

0

0

0

0

0

0

0

0

Bahrayn

1

0

0

1

1

2

-1

0

Yaman

1

0

0

1

0

1

-1

0



O'zaro uchrashuvlar

SHimoliy Koreya va O'zbekiston milliy terma jamolari o'zaro 6 bor to'qnash kelishgan. SHu vaqtgacha O'zbekiston terma jamoasi KXDRdan biror bor mag'lubiyatga uchramagan. O'tkazilgan 6 uchrashuvning 4tasida O'zbekiston g'alaba qozongan bo'lsa, yana ikkitasi durang natija bilan yakun topgan. O'zaro uchrashuvlarda qayd etilan eng katta hisob - 4:0. Aynan shu hisob bilan Bangkokda bo'lib o'tgan XIII Osiyo o'yinlarida guruh bosqichi uchrashuvida O'zbekiston KXDRni mag'lub etgan. Nikolay SHirshovning dubli, Igor SHkvirin hamda Andrey Akopyanclarning gollari o'shanda O'zbekistonning yirik g'alabasini taminlagandi. O'zaro o'yinlardagi qolgan uchta g'alabaning barchasida 1:0 hisobi qayd etilgan. O'zaro o'yinlarning so'nggisi Osiyo kubogi-2015 doirasida bo'lib o'tdi. Unda o'yindagi yagona golni “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeev kiritgan edi.



O'zbekiston terma jamoasi tarkibi

Mirjalol Qosimov Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvi va KXDRga qarshi Jahon chempionati saralash o'yini uchun dastavval elon qilgan tarkibidan o'rin olgan futbolchilardan ikki nafari - Server Jeparov hamda Zoxir Qo'ziboevlar SHimoliy Koreyaga jamoa bilan uchmadi. Jeparovning ushbu o'yinda milliy terma jamoaga jarohatim tufayli yordam bera olmasligi yig'in boshlanishi arafasidayoq malum bo'lib ulgurgan bo'lsa, Qo'ziboev Eronga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi.

Terma jamoa murabbiylar shtabi Zoxir Qo'ziboev o'rniga Eron bilan o'yinning ertasigayoq tarkibga “Lokomotiv” yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedovni taklif qildi. SHuni ham takidlab o'tish kerakki, jarohati tufayli uzoq vaqt terma jamoa safiga jalb etilmagan “Nasaf” futbolchisi SHoxruh Gadoev yana mamlakatning asosiy jamoasi safiga chorlandi. “Lokomotiv”ning yosh va istedodli yarim himoyachisi Ikrom Aliboev ilk bor terma jamoadan chaqiruv olib, Eronga qarshi o'yinda o'z debyutini nishonladi.

Eslatib o'tamiz, KXDR – O'zbekiston uchrashuvi 16 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 13:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика