Prevyu. Kosonsoy - UzDongJu
15 okt 2016 09:29
Yangiliklar
Prevyu. Kosonsoy - UzDongJu
Ushbu bahs jamoalarning o'zaro o'ninchi bor to'qnashuvi hisoblanadi. Birinchi davradagi Andijonda bo'lib o'tgan uchrashuvda UzDongJu jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Jamoalarning musobaqa jadvalidagi egallab turgan o'rinlariga etibor qaratsak, UzDongJu jamoasi o'tkazilgan 26 o'yindan 50 ochko jamg'arib 4-o'rinni, Kosonsoy jamoasi esa 25-o'yindan 18 ochko jamg'arib 16-o'rinni band etib turishibdi. Ushbu uchrashuvda maydon egalarini yangi bosh murabbiy olib tushadi. Bir necha yillar davomida Kosonsoy jamoasida futbolchilik faoliyati yuritib kelgan Abduvosit Azizov endilikda jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu bahsda maydon egalari ko'k, mehmonlar esa oq rangdagi liboslarda maydonga tushishadi. Ushbu o'yin Kosonsoydagi “Markaziy”stadionda soat 15:30 boshlanishi rejalashtirilgan.
Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz.
32- tur 15 oktyabr (shanba)
Kosonsoy (Kosonsoy) -UzDongJu (Andijon). Kosonsoy “Markaziy” stadioni.
Xakamlar: O.To'ychiboev (Farg'ona), R.Tolibjonov (Farg'ona),SH.Azamov (Farg'ona).
Nazoratchi: A.Klepikov (Toshkent).
UzDongJu FK matbuot kotibi SHerzodbek Mamadaliev tayyorladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar