So’nggi yangiliklar

18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  1 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  0 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  0 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  3 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  0 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  17 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  24 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0 15:13Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ортиқча вазнли футболчиларини четлаштиради  0 14:45Элдор Шомуродов Туркия Суперлигасининг биринчи давра рамзий жамоасидан жой олди  2 14:22Ғалабасиз мавсум  16 13:54Аҳмедов "Навбаҳор"дан кетди: унинг янги жамоаси маълум  21 13:32"Манчестер Юнайтед" "Борнмут" ярим ҳимоячисини шорт-листга қўшди  1 13:03Рэшфорд кейинги режалари билан ўртоқлашди  0 12:34Расман: "Сўғдиёна" сербиялик дарвозабон трансферини эълон қилди  8

Prevyu. Iordaniya - O'zbekiston Yangiliklar

Prevyu. Iordaniya - O'zbekiston

21 dekabr kuni Mirjalol Qosimov boshchiligidagi milliy terma jamoamiz Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Iordaniya terma jamoasi Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichida Yaponiya, Iroq va Falastin bilan kurash olib boradi.

IORDANIYA FUTBOL ASSOCIACIYASI
Tashkil etilgan yili:
1949
FIFA azosi: 1956
Rasmiy veb sayti: www.jfa.com.jo
Prezidenti: SHahzoda Ali Bin Al Hussayn
Futbol bilan shug'ullanuvchilar soni: 121191
Ro'yxatdan o'tgan futbolchilar soni: 4941
Klublari soni: 102
Futbol rasmiylari soni: 6231

Iordaniya futbol associaciyasi 1949 yilda tashkil etilgan va 1956 yildan FIFA azosi hisoblanadi. Bu mamlakat futbol tarixidagi eng katta natija hozircha Osiyo Kubogida ikki marta chorak finalga etib kelingani bo'lgan. Ushbu musobaqada iordanliyaliklar o'sha ikki safar qatnashganlar xolos. Jahon chempionati saralash bosqichlaridagi eng yaxshi ko'rsatkich ushbu saralash bahslarida kuzatilib turibdi. Iordaniyada futbol asosan 1990-yillarning o'rtalaridan rivojlana boshladi. Lekin hozirgacha ham milliy terma jamoa qita grandlari qatoriga qo'shilgani yo'q. Mamlakatda jami 102 futbol klubi faoliyat yuritadi. Professional futbolchilar soni esa 5 ming nafarga yaqin.

Mamlakatda uchta liga mavjud. Yuqori ligada 12 jamoa kurash olib boradi. U 1944 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Birinchi ligada 14, ikkinchi ligada esa 18 jamoa ishtirok etadi. Iordaniyaning eng mashhur jamoalari sifatida “Al Vihdat”, “Al Faysali” va “SHabab Ordun”ni etirof etish mumkin. “Vihdat” kelib chiqishi Falastinga taqalgan iordaniyaliklar tomonidan tashkil etilgan jamoa bo'lgani sababli “Faysali” bilan keskin raqobatga ega. Jamoalar milliy chempionatdan tashqari ikki kubokda g'oliblik uchun kurashishadi. Klublari OFK Kubogida uch marta g'alaba qozongan. Futbol associaciyasi rahbariyati Iordaniya klublarining OCHLda ishtirok etishlariga harakat qilmoqda.

IORDANIYA MILLIY TERMA JAMOASI
Laqabi:
“Al Nashama”
Bosh murabbiyi: Rey Uilkins (Angliya)
Sardori: Amir Dib
Stadioni: “Qirol Abdulloh”
FIFA reytingidagi o'rni: 71
Eng yuqori o'rni: 37 (2004, avgust)
Eng quyi o'rni: 152 (1996, iyul)
Birinchi rasmiy o'yini: Suriya – 3:1 (Misr, 1953 yil 1 avgust)
Eng yirik g'alabasi: Nepal – 9:0 (Amman, 2011 yil 23 iyul)
Eng yirik mag'lubiyati: Yaponiya – 0:6 (Saytama, 2012 yil 8 iyun)
Osiyo Kubogida ikki marta ishtirok etib, har ikkisida chorak finalga chiqqan.

Milliy terma jamoa ilk xalqaro uchrashuvini 1953 yilda o'tkazgan. Katta muvaffaqiyatlarga erishish nasib etmagani haqida yozib o'tdik. Oxirgi paytlardagi ijobiy natijalar tufayli FIFA reytingida 71-pog'onaga ko'tarildi. Iordaniya uy o'yinlarini Ammanda joylashgan “Qirol Abdulloh” stadionida o'tkazadi. Stadion 20 ming tomoshabinga mo'ljallangan. Bu erda “Al Vihdat” klubi uy o'yinlarida maydonga tushadi. Jamoa asosan ichki chempionatda qatnashayotgan futbolchilardan iborat. O'yinchilar ko'proq yaqin arab birinchiliklarida ishtirok etishadi.

IORDANIYA QIROLLIGI
To'liq nomi:
Al Mamlaka al Urduniya al Hashimiya
Poytaxti: Amman
Hududi: 92300 kv.km.
Aholisi: 6,5 mlndan ortiq
Pul birligi: dinor
Rasmiy tili: arab


Bosh murabbiy
Rey (Reymond) Uilkins (Angliya)
Tug'ilgan sanasi: 14 sentyabr 1956.
Tug'ilgan joyi: Xillingdon, Angliya.
O'yinchilikdagi ampluasi: Yarim himoyachi

Murabbiylikdagi yutuqlari:
Angliya chempioni (2010), Angliya kubogi sohibi (2010), Angliya Superkubogi sohibi (2009) ("CHelsi" yordamchi murabbiyi sifatida).


Iordaniya OK-2015 saralashida Ummon, Suriya va Singapur bilan bir guruhda kurash olib bordi. 6ta o'yinda 12 ochko to'plagan Iordaniya Ummondan keyingi o'rinni band etib qita chempionatiga yo'llanma oldi.


Behzod Nazarov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика