So’nggi yangiliklar

21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  1 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:55ОЧЛ-2. "Ал Аҳли" - "Андижон" 1:0 (матнли трансляция)  48 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  0 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  0 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2 17:50Риисе Клопп ҳақида: "Уни терма жамоа мураббийи сифатида кўряпман"  0 17:15МЮ ёзда "Олд Траффорд"ни "ремонт" қилмоқчи  0 16:35Перес Винисиуснинг "Реал"дан кетишини истамайди. Мадридликлар вингер билан шартномани иложи борича тезроқ узайтирмоқчи  5 16:00ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  23 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0

Prevyu. "Dnepr" - "Sevilya" Yangiliklar

Prevyu. "Dnepr" - "Sevilya"

Bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da Polshaning Varshava shahrida "Dnepr" va "Sevilya" o'rtasida Evropa ligasi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Evropa ligasi/UEFA Kubogining amaldagi sohibi "Sevilya" ushbu finalda g'alaba qozonib, ushbu musobaqani eng ko'p yutgan jamoaga aylanishi mumkin
• Xatto Miron Markevich "Dnepr"ning Evropa ligasi finaligacha etib kelganidan hayron
• Unai Emeri "Dnepr" sobiq bosh murabbiyi Xuande Ramos bilan suhbatshaganini malum qildi
• G'olib CHempionlar ligasi 2015/16 mavsum yo'llanmasini qo'lga kiritadi


Taxminiy tarkiblar:
"Dnepr": Boyko; Fedeckiy, Duglas, CHeberyachko, Leo Matos; Kankava, Rotan, Fedorchuk, Mateus, Konoplyanka; Kalinich.
• O'ynamaydi: Mazux, Zozulya





"Sevilya": Riko; Koke, Karrisu, Kolodzeychak, Tremulinas; Mbia, Kryxovyak; Aleyks Vidal, Banega, Vitolo; Bakka.
• O'ynamaydi: Parexa (koleno)



"Dnepr" bosh murabbiyi Miron Markevich:


Agar kimdir mavsum boshida biz Evropa ligasi finalida o'ynashmizni aytganida, bunga ishonmagan bo'lar edim. Ammo ishtaxa tanovul paytida keladi. 1/16 final bosqichida "Olimpiakos"ni mag'lub qilganmizda, o'zimizga bo'lgan ishonch paydo bo'ldi. Jamoaning kayfiyati qanday? Yigitlar hayajonda emas deb bo'lmaydi. Finaldan oldin xatto biz murabbiylar ham hayajondamiz. Asosiysi hayajon maydonda yo'qolsa bo'lgani.

"Sevilya" hujumda yaxshi o'ynaydi, jamoaga ajoyib ijrochilar yig'ilgan. Bu biz uchun bosh og'rig'i. Ammo "Dnepr" himoyasi ham bir nechta uchrashuvdan beri ishonchli harakat qilyapti. "Sevilya"ni kimga taqqoslasa bo'ladi? Menimcha, "Napoli"ga, ularning o'yini o'xshash.

Kamina anchadan beri ispan futboli muxlisi hisoblanadi. Bunday futbolchilar bilan ishlash har qanday murabbiy uchun yoqimli bo'lsa kerak. Bizning jamoamizda ham xuddi shunday texnik salohiyatga ega futbolchilar etarli. 

Baxtimizga finaldan oldin yo'qotishlar sodir bo'lmadi. Ha, Seleznyov bir qancha muddat maydonga tushmadi, ammo u hozir barcha bilan o'yinga tayyorlanyapti. Kalinich maydonga chiqishi borasida bir qarorga kelganimiz yo'q. UEFA g'olibga kelasi mavsumda CHempionlar ligasida o'ynash imkoniyatini berib to'g'ri qildi. Bu "Sevilya" va "Dnepr" uchun yana bir maqsad.


 "Sevilya" bosh murabbiyi Unai Emeri:



Bor-yo'g'i 90 daqiqa davom etadigan bunday uchrashuvlarda kichik detallar o'yin taqdirini hal qilishi mumkin. Qattiq kurash bo'ladi, shu sabab biz barchasiga tayyor bo'lishimiz shart. "Dnepr" jamoaviy o'yin namoyish etadi, ularning himoyasi juda kuchli. Pressingda ham ular faol harakat qilishadi, shu sabab to'pga egalik qilish oson bo'lmaydi. Bu "Dnepr" muvaffaqiyatining sirlaridan biri.

Biz "Dnepr" o'yinini juda ko'p marotaba tahlil qildik. Raqib jamoa sobiq bosh murabbiyi Xuande Ramos va uning assistentlaridan ko'plab malumotlarga ega bo'ldik. SHunchaki raqibni chuqurroq o'rganishni istadik. Ularning barchasi "Dnepr"da ishlagan va vaziyat bilan tanish.

Men folbin emasman, ko'ramiz, ertagan nima bo'lar ekan. Turnir mobaynida sodir bo'lganlarni esga oladigan bo'lsak, bu o'yin juda qiyin bo'ladi. Ikkala jamoa o'z imkoniyatlaridan unumli foydalanib finalgacha etib keldi. Turnirda o'zini yaqqol favorit sanagan jamoalar ham bo'ldi, ammo ular finalda ishtirok etmaydi. Buni yodda tutish kerak.


So'nggi uchrashuvlar:
"Dnepr" - "SHaxtyor" 3:2 (Mateus 22, Bezus 64, Luchkevich 81; Aleks Teysheyra 7, 27) 
"Malaga" - "Sevilya" 2:3 (Gerra 67, 90+2; Reyes 52, Banega 55, Aleyks Vidal 62)


"Sevilya"ning finalgacha bosib o'tgan yo'li (video)

TAS-IX


TAS-IX emas



"Dnepr"ning finalgacha bosib o'tgan yo'li (video)

TAS-IX


TAS-IX emas


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика