Prevyu. "Dinamo" - "UzDongJu"
19 apr 2016 14:21
Yangiliklar
Prevyu. "Dinamo" - "UzDongJu"
Ushbu bellashuv jamoalar uchun o'zaro 3-to'qnashuvi hisoblanadi. Bu jamoalar 2008 yilgi mavsumda oliy ligada o'zaro to'qnash kelishgan Andijonda o'tkazilgan bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa Samarqandda esa 3:0 hisobda maydon egalarining qo'llari baland kelgan.
Ertangi bahs qiziqarli o'tishi kutilmoqda, sababi maydon egalari “Dinamo” jamoasi o'z oldiga oliy ligaga chikish vazifasi qo'yilgan bo'lsa, “UzDongJu” o'tkazilgan bahslardan keyin yuz foizli natija ko'rsatib peshqadam bo'lib turibdi.
Ushbu markaziy bahs Samarkanddagi “Dinamo”stadionida soat 16:30 boshlanishi belgilangan.
Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz
O'zbekiston birinchiligi. 4-tur. 20 aprel (chorshanba)
Dinamo (Samarkand) - UzDongJu (Andijon)
Hakamlar: A.Risqullaev (Toshkent), D.Jumaniyozov (Urganch), D.Iskandarov (Nukus)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
UzDongJu matbuoti kotibi SHerzodbek Mamadaliev tayyorladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar