So’nggi yangiliklar

11:50Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси  0 11:30"Қўқон-1912"нинг икки футболчиси жамоадан кетди  6 11:02Адвокат Кюрасао терма жамоасини камида 2025 йил охиригача бошқаришда давом этади  4 10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  11 09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  4 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  11 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  29 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  6 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  13 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  17 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3

Prevyu. "Dinamo" – "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Dinamo" – "Paxtakor"

“Dinamo” va “Paxtakor” oliy ligada 42 bora to'qnash kelishgan.
Natijalar “sherlar”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Paxtakor” 33ta o'yinda g'olib bo'lgan, “Dinamo” 5 marta bu raqibni mag'lub etgan. 4ta o'yinda durang qayd etildi. To'plar nisbatida katta ustunlik “Paxtakor” tomonida - 85:22. O'zaro o'yinlarda “Paxtakor” 103 ochkoga ega bo'lgan bo'lsa, “Dinamo” 19 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0ga teng. “Dinamo”ning eng yirik g'alabasi esa 2:0.

2014 yilgi ikkala uchrashuvda ham “sherlar” muvaffaqiyat qozonishgan. Samarqanddagi uchrashuvda Igor Sergeev hisobni ochgan, Zayniddin Tojiev hisobni tenglashtirgandi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Egor Krimec gol urib “Paxtakor”ga g'alaba keltirgandi – 1:2. Toshkentda esa Bahodir Pardaev, Kaxi Maxaradze va Anvar Solievning gollari evaziga “sherlar” yirik hisobda zafar quchishgan – 3:0.

Samarqandda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.04.2014 Dinamo - Paxtakor 1:2
18.10.2013 Dinamo - Paxtakor 1:2
08.04.2012 Dinamo - Paxtakor 0:1
05.08.2011 Dinamo - Paxtakor 0:0
26.10.2010 Dinamo - Paxtakor 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Dinamo” o'z maydonida bo'lib o'tgan 21ta o'yinning 4tasida zafar quchgan. To'rt marta durang qayd etilgan. “Paxtakor” Samarqanddan 13 bora uch ochko bilan qaytgan. Oxirgi to'rt mavsumda “Dinamo” o'z uyida bu raqibni enga olmagan.


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика