Prevyu. "Dinamo" - "Buxoro"
02 noy 2014 08:55
Yangiliklar
DINAMO - BUXORO
2 noyabr 2014. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 15:00
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), D. Saidov (Toshkent), N. Boltaev (Navoiy)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
“Dinamo” hamda “Buxoro” klublari oliy ligada shu kungacha 39 bor kuch sinashishgan. “Buxoro” 20ta o'yinda g'alaba qozongan. 14ta uchrashuvda “Dinamo”ning qo'li baland kelgan. 5ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Buxoro” tomonida: 56:50. “Buxoro” o'zaro o'yinlarda 65 ochkoga ega bo'lgan, “Dinamo” esa 47 ochkoni qo'lga kiritgan. “Dinamo”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 4:1ga teng bo'lsa, “Buxoro”ning samarqandliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 6:0.
Birinchi davrada Buxorodagi bahsda durang qayd etilgandi. Farrux SHotursunov 8-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan. Birinchi bo'limning o'zida Predrag Vuyovich muvozanatni tiklagandi – 1:1. O'sha o'yinning 20-daqiqasida “Dinamo” himoyachisi Akmal Xolmurodov qizil kartochka tufayli maydondan chetlatilgandi.
Samarqandda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
11.05.2013 Dinamo - Buxoro 1:0
20.06.2012 Dinamo - Buxoro 0:1
12.03.2011 Dinamo - Buxoro 0:1
09.10.2009 Dinamo - Buxoro 2:2
10.07.2008 Dinamo - Buxoro 4:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Samarqandda bo'lib o'tgan 19ta o'yinning 10tasida “Dinamo” g'alaba qozongan. Uchtata bahsda tomonlar durang o'ynashgan. Qolgan 6ta o'yinda “Buxoro” safarda bo'lishiga qaramay uch ochkoga ega bo'lgan. Samarqanddagi oxirgi uchta bahsda bittadan gol urilgan.

Fikrlar