So’nggi yangiliklar

10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  2 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  13 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  12 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  3 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  8 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  1 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0

Prevyu. "Dinamo" - "Andijon" Yangiliklar

Prevyu. "Dinamo" - "Andijon"

Samarqandning "Dinamo" klubi bu turda "Andijon" klubini qabul qiladi.
Dinamo (Samarqand) – Andijon (Andijon)
26 iyun 2015. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 18:30
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), N. Boltaev (Navoiy)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

“Dinamo” va “Andijon” oliy ligada 38 bora to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 14tasida andijonliklar g'olib bo'lishgan. Etti o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” shu kunga qadar oliy ligada “Andijon”ni 17 marta mag'lubiyatga uchrata olgan.

“Dinamo” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Andijon” darvozasiga 59ta gol kiritgan. “Andijon”ning gollari esa 49ta. “Burgutlar” o'zaro o'yinlarda 49 ochko ishlab olishgan bo'lsa, “arslonlar” 58 ochkoni qo'lga kirita olishgan. “Dinamo”ning oliy ligada “Andijon” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 6:1ni tashkil qiladi. “Andijon”ning samarqandliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 4:1ga teng.

O'tgan mavsum dastlabki davrada Andijonda tashkil etilgan bahsda tomoshabinlar 5ta golning guvohiga aylanishgan. Hisobni mehmonlar yarim himoyachisi Abdulla Nabiev ochgan. SHundan so'ng maydon egalari hujumchisi Anvar Rajabov dublga erishgan. Bunga “Dinamo” hujumchisi Sanat SHixov dubli bilan javob bergan – 2:3. Samarqandda Akmal Bozorov va Sanat SHixovning gollari “Dinamo”ga g'alaba keltirgan – 2:0.

Samarqandda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
27.08.2014 Dinamo - Andijon 2:0
19.10.2012 Dinamo - Andijon 3:0
21.05.2011 Dinamo - Andijon 3:1
27.05.2010 Dinamo - Andijon 2:0
25.04.2009 Dinamo - Andijon 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Dinamo” o'z uyida bo'lib o'tgan 19ta o'yinning 13tasida g'olib bo'lgan. 5ta uchrashuvda durang qayd etilgan. “Andijon” o'z tarixida bir bor (1993 yil) Samrqanddan uch ochko bilan qaytgan. SHundan keyin bo'lib o'tgan 17ta o'yinda “Dinamo” o'z maydonida bu raqibga umuman mag'lub bo'lmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика