So’nggi yangiliklar

09:45Биринчи лигада мавсумнинг энг йирик ҳисобдаги ғалабаси қайд этилди   1 09:40Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  3 09:10Футзал. Абдулла Бўриев: "Ўзбекистон терма жамоаси аввалги натижасини яхшилашига умид қиламан"   1 08:40 Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: Менда "Рубин"дан ташқари ўша вақтнинг ўзида Қатардан ҳам шартнома бор эди"   1 08:10Ўзбекистон сўнгги бор меҳмонда Қирғиз Республикасига қарши қандай натижа қайд этган?   8 07:35ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикаси меҳмони бўлади   7 01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  2 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  5 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  8 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7

Prevyu. CHempionlar Ligasi davom etadi Yangiliklar

Prevyu. CHempionlar Ligasi davom etadi

13:2! O'tgan hafta juftliklarida mezbonlar mehmonlarni aynan shu hisobda mag'lub etishdi. Anana davom etadimi?

"Bayer" - "Atletiko Madrid"


Simeone CHempionlar Ligasining 1/8 final bosqichidan doim o'tgan. Bir safar bevosita "Bayer" mag'lub etilgandi.Bu jamoalar 2015 yil Evropa CHempionlar ligasi 1/8 finalida to'qnash kelishgan va ikkala jamoa ham o'z maydonida 1:0 hisobida zafar quchgan. Natijada Madridda o'tgan javob uchrashuvi oxirida penaltilar seriyasi g'olibni aniqlab bergandi. 

Unda mezbonlar omadli chiqib, 3:2 hisobida zafar quchishgandi.

Bu safar natija qanday bo'ladi? "Atletiko" Evropaning kuchli 8 jamoasi qatoriga ketma-ket 4-bor kira oladimi? Bu ishni amalga oshirish qiyin bo'ladi, ayniqsa, Leverkuzenda ijobiy natijaga erishish o'ta mushkul vazifa.  

Mezbonlar ichki chempionatni ko'ngildagidek boshlay olmadi, lekin yangi yilda 5 uchrashuvning 3tasida zafar quchdi. "Bayyor" evrokuboklarda 10ta o'yindan buyon yutqazmayapti (5ta g'alaba, 5ta durang). CHempionlar Ligasi doirasida "uy"da nemis jamoasi 2015 yildan buyon mag'lub bo'lmayapti (4-4-0). Bu vaqt ichida "Monako", "Tottenxem", "Barselona", "Roma" va "Atletiko" ham mehmonga kelgandi. SHu sababli ham mehmonlarni engil sayr kutmayotgani aniq.


Madridliklar esa Simeone qo'l ostida eng yomon mavsumlarini o'tkazishmoqda. La Ligada peshqadamdan ancha ortda qolib ketishdi, Kubokdan ham umid uzib bo'lindi, sababini o'zingiz yaxshi bilasiz. CHempionlar Ligasi guruh bosqichidagi ishlar yaxshiroq (5-0-1), lekin safar o'yinlari oson o'tdi deb bo'lmaydi. Myunxenda mezbonlar hech qanday imkoniyat qoldirishmadi, Eyndxovenda esa hakamning bahsli qarorlariga boy bo'lgan o'yin mehmonlarning kichik ustunligi bilan yakunlandi (1:0).

"Atletiko" CHempionlar Ligasidagi ohirgi 12 safarning bor yo'g'i 3tasida g'alaba qozondi. Faqatgina pley-off uchrashuvlarini inobatga olsak, ohirgi 5 o'yinda 1 durrang (0-1-4). To'plar nisbati - 2:6. Ispaniya chempionatidagi kuchlilar (bugungi kunda dastlabki 6 pog'onani egallab turgan) jamoalar bilan bahslarda 15 ochkodan bor yo'g'i 1 ochko poytaxtliklar hisobiga yozildi. To'plar nisbati - 1:10.

Mezbonlar uchun quvonarli yangilik, CHicharito safsha qaytdi va dam olish kuni dubl qayd etishga ham ulgurdi. Mehmonlarda Xunfran jarohat sabab jamoadoshlariga yordam bera olmaydi, Fernandes, Godin va darvozabon Yan Oblakning maydon tushishi ham katta so'roq ostida.

"Bayer" yarim himoyachisi Xoqon CHalxonoglu FIFA tomonidan diskvalifikaciya qilingan va mavsum oxirigacha o'ynay olmaydi. 

Dam olish kunlari "Bayer" Germaniya chempionati doirasida "Augsburg" mehmoni bo'lib 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Karim Bellarabi hisobni ochgan bo'lsa, Xaver Ernandes ikkita gol urishga erishdi. Ichki chempionatdagi oxirgi 3ta o'yinda CHicharito 5ta gol urdi.

SHu o'rinda qayd etish lozim, chempionatning so'nggi tur o'yinini nemislar bir avvalroq o'tkazishdi. Qo'shimchasiga mehmonlar Ispaniyadan uchib kelishlariga ham vaqt, kuch ketadi. Bo'lajak bahsda bu o'z tasirini o'tkazishi hech gap emas.  


"Atletiko" so'nggi o'yinni Xixonda "Sporting"ga qarshi o'tkazdi. Diego Simeone shogirdlari raqibga imkon qoldirishmadi - 4:1. Madridliklar safida Kevin Gameyro qahramonga aylandi. O'yinga zaxiradan qo'shilgan franciyalik hujumchi 4 daqiqa 45 soniya ichida raqib darvozasiga 3ta gol urishga erishdi. Yana bir gol Karrasko hisobiga yozildi.

"Bayer" Ispaniya klublariga qarshi o'z uyida quyidagi natijalar qayd etgan: 7 g'alaba, 5 durang va 5 mag'lubiyat.

"Atletiko"ning Germaniya klublariga qarshi safardagi natijalari: 5 g'alaba, 3 durang va 10 mag'lubiyat.  

Juftlikning favoriti balki rostdan ham "Atletiko"dir, lekin "Barselona" - PSJ o'yinidan avval ham ispanlar imkoniyatlari yuqoriroq baholangandi. Amalda esa... 

SHu sababli, avvaldan ishonch bilan bir nima deyish qiyin. 


"Bayer" - "Atletiko Madrid"

"Bayer": Leno; Xenrixs, Toprak, Dragovich, Vendell; Arangis, Kampl; Bellarabi, Brandt; Xavertc, Ernandes.
O'ynamaydi: CHalxanoglu (diskvalifikaciya), Ta
So'roq ostida: Bender

"Atletiko Madrid": Oblak/Moyya; Vrsalko, Savich, Ximenes, Filipe Luis; Karrasko, Gabi, Koke, Niges; Grizmann, Torres.
O'ynamaydi: Tyagu, Godin, Fernandes, Xuanfran
So'roq ostida: Gaytan, Oblak
Kartochkasi borlar: Gabi, Filipe Luis



"Manchester Siti" - "Monako"

Monegasklar o'yin uslubi bundan ikki yil avvalgidan butkul farq qiladi. Jamoa endi butun tarkibi bilan himoyaga "yotib olib", qarshi hujumga payt poylamayapti. Murabbiy Jardim, vada berganidek, hujumkor jamoa shakllantira oldi.


Falkao esa aynan uning qo'l ostida "qayta tug'ildi". Natijada - Monako Evropaning eng sermahsul jamoasi bo'lib turibdi. Biroq jamoa avvalgiga nisbatan ko'proq gol ham o'tkazib yuboryapti. 

O'z navbatida guruh bosqichida "Man Siti" o'yinini tomosha qilganlar ham zerikib qolishmadi. Manchesterliklarning har bir o'yiniga o'rtacha 3.67 tadan gol to'g'ri kelmoqda. SHaharliklar Gvardola jamoalariga xos ravishda hujumkor futbol ko'rsatishmoqda va ko'plab gollar urishga erishmoqda. Ammo himoyadagi muammolar tufayli raqiblarini ham xafa qilishmayapti. "Ettixad Stadium"dagi 11 o'yinda birgina "quruq o'yin". O'z oldiga katta maqsadlar qo'yadigan jamoa, g'alabalarga o'rganib qolgan Pep uchun o'z maydonida bunday o'ynash yaramaydi albatta. 

Ko'pchilik mutaxassislar uchun "Siti" favorit, ammo mehmonlar ham osongina taslim bo'lishmaydi. 

So'nggi yillarda ingliz klublari vaziyat, raqib qanday bo'lishidan qatiy nazar 1/8 finaldan ortga qayta qolishadi (ohirgi 6tadan 5 ta jamoa aynan shu bosqichda musobaqani tark etgan). Ikki yil avval monegasklar o'z qo'llari, e yo'g'e, oyoqlari bilan Londonning "Arsenal" jamoasi muxlislarini qon yig'latishgandi. Juftlikning birinchi o'yinidayoq, Angliyada mehmonlar 3:1 hisobida g'alaba qozongan. 

"Manchester Siti"ni ham barqaror o'yin namoyish etadigan jamoa deb bo'lmaydi. Guruhda 6 o'yinda bor yo'g'i 2 g'alaba (jumladan ingliz klubi "Seltik"ni na uyda, na mehmonda mag'lub etolmadi). APL peshqadamlariga qarshi o'yinlarda 5tadan 1tasidagina g'alabani rasmiylashtirishdi. Buning orasida "Everton"ga boy berilgan (4:0) bahsni ko'pchilik yaxshi eslasa kerak. 

Bu ikki jamoa to'qnashuvida g'olib kim bo'lishini aniq aytish mushkul vazifa. Bir narsa aniq, har ikki jamoa ham hujum qilishni yaxshi ko'radi. SHu o'rinda bo'lajak raqiblarning himoyadagi o'yinlariga havas qilib bo'lmaydi. Guruhdagi 6 o'yinning 5tasida posbonlar o'z darvozalaridan to'p olib chiqishga majbur bo'lishgan.    




"Manchester Siti" ECHLda o'z maydonidagi oxirgi 9ta o'yinning hech birida yutqazmadi (6 g'alaba va 3 durang).

"Monako" Angliya klublari bilan bo'lgan barcha oltita ikki o'yinlik to'qnashuvlarda g'olib chiqqan. 

Dam olish kunlari ikkala jamoa ham durang o'ynadi. "Manchester Siti" Angliya kubogi doirasida "Xaddersfild" mehmoni bo'lib 0:0 hisobida durang o'ynadi. Endi bu jamoalar takroriy o'yin o'tkazishadi. 

"Bastiya" mehmoni bo'lgan "Monako" esa 1:1 hisobida durang o'ynadi. Leonardu Jardim jamoasida Bernardu Silva gol urdi.

Gvardiola jamoasi o'z qalasidan tashqarida faqatgina autsayderlarni ishonchli tarzda mag'lub etmoqda, CHempionlar Ligasida esa safardan biror marta g'alaba bilan qaytmadi. SHu sababli ham "Ettixad"da nafaqat g'alaba qozonish, balki ko'proq gol urib olishga intiladi. Jardim shogirdlariga ham o'z navbatida mehmonda urilgan gol zarur. SHunda ko'ngil hotirjam bo'ladi. Bu ishni mehmonlar uddalay olishadi chamamda. 


Yana o'sha statistikaga murojaat qilsak, so'nggi 14 o'yinning 1tasidagina Falkao va do'stlari raqib darvozabonini ranjita olishmagan. Guruh bosqichida "Monako" "Tottenxem" darvozasiga ikki bor yo'l topa bildi. "SHporlar" "Man Siti"dan himoyada ishonchliroq o'ynashini esa o'zingiz ham yaxshi bilasiz. 


"Manchester Siti" - "Monako"

"Manchester Siti": Kabalero; Fernandino, Otamendi, Stounz, Kolarov; Silva, Ture, De Breyne; Sterling, Aguero, Sane.
O'ynamaydi: Jezus, Kompani
So'roq ostida: Klishi

"Monako": Subashich; Sidibe, Glik, Radji, Mendi; Silva, Fabino, Bakayoko, Lemar; Jermen, Falkao.
O'ynamaydi: Jemerson (diskvalifikaciya), Boskilya
So'roq ostida: Karrilo
Sariq kartochkasi bor: Glik


CHempionlar Ligasida zerikarli o'yinlar deyarli bo'lmaydi. O'tgan haftadagi bellashuvlar bunga yaqqol misol bo'la oladi. Pley-offning dastlabki 4 o'yinida 15 ta gol! Uxlab qolmang, bugun ham bizni qiziq bahslar kutib turibdi!


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика