So’nggi yangiliklar

01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  1 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  8 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  25 00:11А Серия. "Пиза" - "Ювентус" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  4 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  9 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  19

Prevyu. "Buxoro" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Qizilqum"

22-turda Buxoroda "Qizilqum" klubi "Buxoro" klubi mehmoni bo'ladi.
BUXORO – QIZILQUM
2 oktyabr 2014 yil. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 18:00
Hakamlar:
V.Ceytlin, O.Abduvosilov, N.Ro'zimov, N.Qosimov.
Nazoratchi: S.Ermatov.

“Buxoro” va “Qizilqum” oliy ligada 27 marta to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 13tasida navoiyliklar g'olib bo'lishgan. 3ta o'yin durang hisobida yakunlangan, “Buxoro” hisobida 10ta g'alaba mavjud.

“Buxoro” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Qizilqum” darvozasiga 34ta to'p kiritgan, navoiyliklar esa “Buxoro” darvozasiga 45ta gol urishgan. “Buxoro”  o'zaro o'yinlarda 34 ochko ishlab olgan bo'lsa, “Qizilqum” 43 ochkoni qo'lga kiritgan. “Buxoro”ning oliy ligada “Qizilqum” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 4:1 ni tashkil qiladi. “Qizilqum”ning yirik g'alabasi esa - 5:0.
 
Birinchi davrada Navoiyda bo'lib o'tgan uchrashuvda durang qayd etilgandi. O'sha o'yinning ikkinchi bo'limi boshida Vladimir SHishelov penaltidan gol urib hisobni ochgandi. Baxriddin Vahobovning urgan goli hisobni tenglashtirgandi – 1:1.

Buxoroda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
30.03.2013 Buxoro - Qizilqum 4:3
19.10.2012 Buxoro - Qizilqum 1:0
15.10.2011 Buxoro - Qizilqum 2:1
03.10.2009 Buxoro - Qizilqum 3:5
26.04.2008 Buxoro - Qizilqum 0:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” mezbonlik qilgan o'yinlarda bir marta durang qayd etilgan. 7 marta “Buxoro” zafar quchgan bo'lsa, 5ta o'yinda “Qizilqum” safarda bo'lishiga qaramay raqibdan ustun kelgan. Buxorodagi oxirgi uchta o'yinda “Qizilqum” uch marta mag'lub bo'lgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика