So’nggi yangiliklar

08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  16 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  18 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  139 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0

Prevyu. "Buxoro" - "Paxtakor" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Paxtakor"

Teglar :  BuxoroPaxtakor
"Buxoro" klubi o'z maydonida "Paxtakor" o'rtasidagi

Buxoro (Buxoro) – Paxtakor (Toshkent)
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.

“Buxoro” hamda “Paxtakor” oliy ligada 46 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 33tasida “Paxtakor” g'olib bo'lgan, 7ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Buxoro” hozirga qadar “Paxtakor”ni 6 marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga 102:32 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'yinlarda “sherlar” 106 ochkoni, “Buxoro” esa 25 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor”ning “Buxoro” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 8:0ga teng. “Buxoro”ning ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil 3-turda Toshkentda kechgan uchrashuv “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeevning benefisiga aylanib ketgandi. O'shanda terma jamoamiz hujumchisi uch bor buxoroliklar darvozasini ishg'ol qilgandi. Bunga Dilyaver Abibullaev chiroyli gol bilan javob qaytargandi xolos – 3:1. “Buxoro” o'z maydonida ham ikki to'p farqi bilan yutqazgan. Nikolay CHipev avtogol qayd etgan bo'lsa Igor Sergeev mezbonlar darvozasiga to'p kiritgandi – 0:2.   

Buxoroda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
16.08.2015 Buxoro - Paxtakor 0:2
15.05.2014 Buxoro - Paxtakor 0:0
04.07.2013 Buxoro - Paxtakor 1:0
15.03.2012 Buxoro - Paxtakor 0:1
24.09.2011 Buxoro - Paxtakor 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” o'z maydonida “Paxtakor”ni besh marta mag'lub etgan. Olti bor Buxoroda g'olib aniqlanmagan. “SHerlar” bu jamoa maydonidan 12 bor g'alaba bilan qaytishgan. Oxirgi ikki yilda “Buxoro” o'z uyida gol ura olmagan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика