Prevyu. Buxoro – Olmaliq
05 mar 2016 09:30
Yangiliklar
Prevyu. Buxoro – Olmaliq
Buxoro (Buxoro) – Olmaliq (Olmaliq)
5 mart 2016. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 16:45
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
“Buxoro” va “Olmaliq” oliy ligada 14 marta o'zaro o'ynashgan. Natijalar “Olmaliq”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Olmaliq” 8ta o'yinda g'olib bo'lgan, “Buxoro” 4 marta bu raqibni mag'lub etgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Olmaliq” tomonida - 29:14. O'zaro o'yinlarda “Buxoro” 14 ochkoga ega bo'lgan bo'lsa, “Olmaliq” 26 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Buxoro”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 3:1ga teng. “Olmaliq”ning eng yirik g'alabasi esa 6:1.
2015 yil Buxoroda kechgan o'yinda mehmonlar zafar quchishgan. “Olmaliq” safida SHavkat Salomov (2ta), Arslonmurod Omonov va Salamat Qutiboev “Buxoro” darvozasini ishg'ol qilishgan – 0:4. Qizig'i Salomov va Qutiboev bu yil aynan “Buxoro”ga ko'chib o'tishdi. Olmaliqda kechgan bahsda mehmonlardan Aziz Ibragimov hisobni ochgandi, bunga “Olmaliq” safida Nikita Pavlenko javob bergandi – 1:1.
Buxoroda bo'lib o'tgan oxirgi 5 uchrashuv:
25.04.2015 Buxoro - Olmaliq 0:4
25.10.2014 Buxoro - Olmaliq 2:1
20.04.2013 Buxoro - Olmaliq 1:0
15.06.2012 Buxoro - Olmaliq 0:1
09.04.2011 Buxoro - Olmaliq 1:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” o'z maydonida bo'lib o'tgan 7ta o'yinning 3tasida g'alaba qozongan. Qolgan to'rt bahsda “Olmaliq” safarda bo'lishiga qaramay raqibni taslim qilishga muvaffaq bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar