So’nggi yangiliklar

12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:21Расман: Расул Йўлдошев — "Динамо" футболчиси  2 10:48"Астон Вилла"нинг муҳим футболчилари "Арсенал"га қарши ўйнамайди  4 10:20"Тоттенхем"га Германия МТЖ аъзоси керак  0 09:51"Вулверхэмптон" АПЛнинг антирекордини ўрнатди  0 09:23Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"  1 08:50"Машъал"да нима гаплар? Жамоани бир қатор футболчилар тарк этган  5 08:14Арне Слот: "Виртц "Ливерпуль" учун ҳали кўплаб голлар уради"  1 07:33Эрон ОАВ Сергеевнинг "Сепахон"даги ойлигини маълум қилди  16 03:30U-23 Осиё чемпионати-2020. Стадионни пайҳон қилган атлетлар, кулгига қолган ТВ, туғилган кунида Ўзбекистонга иккита гол урган футболчи, Сон Хён Минга сув ташиттирган мураббий ҳамда кубокни ирғитган Шаҳбоз Беғамов ҳақида ҳикоя қиламиз  5 02:40А Серия. "Ювентус" аутсайдер майдонида ишончли ғалаба қайд этди  0 01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  5

Prevyu. "Buxoro" - "Nasaf" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Nasaf"

Aleksandr Mochinov boshchiligidagi "Buxoro" klubi o'z maydonida Ro'ziqul Berdiev boshqarayotgan "Nasaf" klubini qabul qiladi.
Buxoro (Buxoro) – Nasaf (Qarshi)
12 aprel 2015. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 17:30
Hakamlar
: V.Serazetdinov, R.Nugmanov, D.Saylalov, A.SHukurullaev.
Nazoratchi: A.Xotamov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 34 bor kesishgan. Ustunlik “Nasaf” tomonida. 34 o'yindan 17tasida qarshiliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9 uchrashuvda “Buxoro” g'olib bo'lgan. 8ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “ajdarlar” foydasiga. Qarshiliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 60ta to'p kiritib o'z darvozasidan 37 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'ynlarda “Nasaf” 59 ochkoni, “Buxoro” esa 35 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Nasaf” oliy ligada “Buxoro” ustidan 6:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi “ajdarlar”ning eng yirik g'alabasidir. “Buxoro”ning o'zaro o'yinlardagi “Nasaf” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 5:1 bo'lib turibdi.

O'tgan yil “Nasaf” har ikkala bahsda ham zafar quchgan. Qarshida Artur Gevorkyan, Kenja To'raev va Farruh Sayfiev o'zlarini ko'rsatishgan – 3:0. Buxoroda esa Kenja To'raev hamda Azamat Allaniyazov mezbonlar darvozasiga gol urishgan – 0:2.

Buxoro o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
15.08.2014 Buxoro - Nasaf 0:2
29.10.2013 Buxoro - Nasaf 1:5
26.06.2012 Buxoro - Nasaf 1:0
22.04.2011 Buxoro - Nasaf 1:1
07.03.2009 Buxoro - Nasaf 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” o'z uyida 9 bor “Nasaf”ni taslim qilgan. To'rtta uchrashuv durang bilan tugagan. “Ajdarlar” to'rt marta Buxorodan uch ochko bilan qaytgan. Oxirgi ikki bahsda “Nasaf” safardan uch ochko bilan qaytgan.
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика