So’nggi yangiliklar

08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  18 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  18 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  140 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0

Prevyu. "Buxoro" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Metallurg"

Bugun Jamshid Saidov boshchiligidagi "Buxoro" klubi o'z maydonida Rustam Mirsodiqov boshchiligidagi "Metallurg" klubini qabul qiladi.
Buxoro (Buxoro) – Metallurg (Bekobod)
18 iyun 2015. Buxoro. “Buxoro” stadioni. 19:00
Hakamlar
: V. Ceytlin (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).

“Buxoro” hamda “Metallurg” klublari oliy ligada shu kungacha 32 bor kuch sinashishgan. “Metallurg” 16ta o'yinda g'alaba qozongan. 13ta uchrashuvda “Buxoro”ning qo'li baland kelgan. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda 3 marta durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Buxoro”da: 46:45. “Metallurg” o'zaro o'yinlarda 51 ochkoga ega bo'lgan, “Buxoro” esa 42 ochkoni qo'lga kiritgan. “Metallurg”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 3:0ga teng bo'lsa, “Buxoro”ning bekobodliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 4:0.

O'tgan mavsumda “Buxoro” o'z uyida g'alaba qozongan. Bahriddin Vahobov, Firdavs Asadov mezbonlar safida to'p kiritishgan. Oybek Nurboev o'z darvozasiga gol urib qo'ygan – 2:1. “Metallurg” maydonida esa 4:3 hisobi qayd etilgan. Mezbonlardan Sunnatilla Mamadaliev (2ta), SHaxzodbek Nurmatov (2ta), mehmonlardan Anvar Rajabov, Suxrob Nematov va Otabek Isroilov to'p kiritishgandi.

Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
05.04.2014 Buxoro - Metallurg 2:1
10.08.2013 Buxoro - Metallurg 3:1
14.09.2012 Buxoro - Metallurg 2:0
15.06.2011 Buxoro - Metallurg 2:1
04.04.2009 Buxoro - Metallurg 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi Buxoroda bo'lib o'tgan o'yinlarda “Metallurg” faqat bir marta g'alaba qozona olgan (2008 yil). Ikkita o'yinda durang qayd etilgan bo'lsa, qolgan 13ta bahsda “Buxoro” o'z uyida g'olib chiqqan. So'nggi to'rt mavsumda “Buxoro” o'z uyida g'alabaga erishganini takidlash lozim.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика