So’nggi yangiliklar

17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  0 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1

Prevyu. "Buxoro" – "Lokomotiv" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" – "Lokomotiv"

“Buxoro” hamda “Lokomotiv” klublari oliy ligada shu kungacha 18 bor kuch sinashishgan.
Natijalar Toshkent klubining ustunligini ko'rastmoqda. 8ta o'yinda “Lokomotiv”, 5ta o'yinda “Buxoro” g'alaba qozongan. 5ta o'yinda durang natija qayd etilgan. “Temiryo'lchilar” o'zaro o'yinlarda 31 bor raqib darvozasiga yo'l topa olishgan. “Buxoro” esa 23  bor gol kirita olgan. “Loko” o'zaro o'yinlarda 29 ochkoni qo'lga kiritgan, “Buxoro” hisobida 20 ochko bor. “Loko”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 5:1. Buxoroliklarning eng yirik g'alabasi esa 3:1.

O'tgan mavsumning birinchi davrasi so'nggi turida “temiryo'lchilar” raqib darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritishgandi. Birinchi bo'limda Fozil Musaev hisobni ochgandi. Bahs tugashiga 15 daqiqa qolganida esa Ivan Nagaev ikkinchi bor “Buxoro” darvozasini ishg'ol qilgandi – 2:0. O'sha o'yinda Farhod Tojiev ikki marta penaltidan gol ura olmagandi. Buxoroda hisobni Oybek Nurboev ochgandi, bunga uchrashuv oxirida Aleksandr Geynrix javob bergandi – 1:1.

Buxoroda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
07.11.2014 Buxoro - Lokomotiv 1:1
08.11.2013 Buxoro - Lokomotiv 0:1
19.05.2012 Buxoro - Lokomotiv 1:1
14.08.2009 Buxoro - Lokomotiv 2:3
01.03.2008 Buxoro - Lokomotiv 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” bu raqibni safarda 2 marta mag'lub etgan. 6ta o'yinda durang qayd etilgan. “Buxoro” o'z maydonida 2 bor g'alaba qozongan. Buxoroliklar so'nggi bor o'z uylarida 2007 yil g'alaba qozonishgan.

Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика