So’nggi yangiliklar

10:48Юнус Али: “Жуда қийин ўйин бўлди”  0 10:20Бензема сурат учун 10 миллион евро тўлади  6 09:52Sofascore. Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:24Самандар Мавлонқулов фаолиятини пойтахтда давом эттиради  0 08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  3 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  25 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  24 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  141

Prevyu. "Buxoro" - "Dinamo" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Dinamo"

Buxoroning "Buxoro" klubi bugun o'z maydonida Samarqandning "Dinamo" klubini qabul qiladi.
BUXORO – DINAMO
20 mart 2015. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 17:00
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), N. Boltaev (Navoiy)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

“Buxoro” hamda “Dinamo” klublari oliy ligada shu kungacha 40 bor kuch sinashishgan. “Buxoro” 20ta o'yinda g'alaba qozongan. 14ta uchrashuvda “Dinamo”ning qo'li baland kelgan. 6ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Buxoro” tomonida: 56:50. “Buxoro” o'zaro o'yinlarda 66 ochkoga ega bo'lgan, “Dinamo” esa 48 ochkoni qo'lga kiritgan. “Dinamo”ning “Buxoro” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 4:1ga teng bo'lsa, “Buxoro”ning samarqandliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 6:0.

O'tgan yil har ikkala bahsda ham durang qayd etilgan. Buxoroda samarqandliklar Farrux SHotursunovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishgan. Unda Predrag Vuyovich javob bergandi – 1:1. Samarqandda bo'lib o'tgan bahsda tomonlar 90 daqiqa ichida gol ura olishmagan – 0:0.

Buxoroda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
14.06.2014 Buxoro - Dinamo 1:1
21.09.2013 Buxoro - Dinamo 0:2
17.08.2012 Buxoro - Dinamo 2:0
01.11.2011 Buxoro - Dinamo 2:1
18.04.2009 Buxoro - Dinamo 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Buxoroda bo'lib o'tgan 20ta o'yinning 14tasida “Buxoro” g'alaba qozongan. Ikkita bahsda jamoalar durang o'ynashgan. 4ta uchrashuvda “Dinamo” safarda bo'lishiga qaramay uch ochkoga ega bo'lgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика