So’nggi yangiliklar

08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  19 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  18 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  140 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0

Prevyu. "Buxoro" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Bunyodkor"

Ikkinchi davra oldidan katta o'zgarishlarni amalga oshirgan "Buxoro" klubi o'z uyida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

Buxoro (Buxoro) – Bunyodkor (Toshkent)
2 avgust 2015 yil. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 19:00
Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

“Buxoro” va “Bunyodkor” oliy ligada 15 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning mutloq ustunligini ko'rsatmoqda.

“Bunyodkor” ushbu raqibni 13 marta mag'lub etgan. “Buxoro” “qaldirg'ochlar”ga qarshi o'yinda ikki bor durang o'ynagan va umuman g'alaba qozona olmagan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 39ta gol urgan, “Buxoro” futbolchilari atiga 3 marta toshkentliklar darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 41 ochkoga ega bo'lgan, “Buxoro” hisobida 2 ochko bor. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 5:0ga teng. “Buxoro” hisobida g'alaba umuman yo'qligi haqida aytib o'tdik.

Birinchi turda Toshkentda o'tgan bahsda SHokir Zuagi va Mirzohid G'ofurovning urgan gollari “qaldirg'ochlar”ga g'alaba keltirgan edi – 2:0.

Buxoroda o'tgan barcha uchrashuvlar:
28.04.2014 Buxoro - Bunyodkor 1:1
29.09.2013 Buxoro - Bunyodkor 0:0
08.05.2012 Buxoro - Bunyodkor 0:4
30.07.2011 Buxoro - Bunyodkor 0:4
18.09.2009 Buxoro - Bunyodkor 1:2
12.05.2008 Buxoro - Bunyodkor 0:3
10.05.2007 Buxoro - Bunyodkor 1:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” o'z maydonidagi 7ta o'yinning 2tasida durang o'ynagan. Qolgan 5ta uchrashuvda “Bunyodkor” safardan g'alaba bilan qaytgan. Qizig'i ikkita durang ham oxirgi ikki yilda kuzatilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика