So’nggi yangiliklar

12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  0 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12

Prevyu. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912"

Bugun oliy liganing 30-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bunyodkor (Toshkent) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
19 noyabr 2015. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 14:00
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
 
“Bunyodkor” va “Qo'qon-1912” klublari hozirga qadar oliy ligada bir marta to'qnash kelishgan. SHu yilning birinchi davrasi Qo'qonda o'tgan o'yinda bitta gol urilgandi. Ikkinchi bo'limda “qaldirg'ochlar” yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamovning kiritgan to'pi “Bunyodkor”ga g'alaba keltirgandi – 1:0.  

“Bunyodkor” 29ta o'yinning 17tasida g'olib bo'ldi, 5 marta durang o'ynadi va 7 bor mag'lub bo'ldi. Jamoa 56 ochko bilan musobaqa jadvalining 4-pog'onasida bormoqda. “Qaldirg'ochlar” o'z maydonidagi 14ta o'yinning 11tasida g'alaba qozonishdi, bir bor durang o'ynashdi va ikki marta mag'lub bo'lishdi.

“Qo'qon-1912” 29ta turdan so'ng 31 ochko bilan musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda. Jamoa 9ta uchrashuvda zafar quchdi, 4 marta durang o'ynadi va 16 bor yutqazib qo'ydi. Qo'qonliklar safardagi 15ta o'yinning 6tasida yutdi, 3tasida durang o'ynadi va 6tasida yutqazdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика