Prevyu. Bunyodkor – Neftchi
05 mar 2016 10:00
Yangiliklar
Prevyu. Bunyodkor – Neftchi
Bunyodkor (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona)
5 mart 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:00
Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
“Bunyodkor” va “Neftchi” oliy ligada 18 marta o'zaro o'ynashgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning katta ustunligini ko'rsatmoqda. “Bunyodkor” bu raqibni 11 marta taslim qilgan. “Neftchi” esa 3 marta “qaldirg'ochlar”ni ochkosiz qoldira olgan. 4ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ham tabiiyki ustunlik “Bunyodkor” tomonida - 26:9. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 37, “Neftchi” 13 ochkoga ega bo'lgan.
“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0ga teng. “Neftchi”ning eng yirik g'alabasi 2:0.
O'tgan yilgi har ikkala o'yinda ham “Neftchi” g'alaba qozongan. Toshkentdagi uchrashuvda Ro'zimboy Ahmedovning penaltidan urgan yagona goli "Neftchi"ga 3 ochko taqdim etgandi. Farg'onadagi o'yinda Adrian Kashkaval va Murod Bobojonov tomonidan urilgan gollar mezbonlarga g'alaba keltirgandi - 2:0.
Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
02.05.2015 Bunyodkor - Neftchi 0:1
05.06.2014 Bunyodkor - Neftchi 1:1
26.08.2013 Bunyodkor - Neftchi 1:0
18.08.2012 Bunyodkor - Neftchi 2:1
15.10.2011 Bunyodkor - Neftchi 1:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Bunyodkor” o'z uyida bu raqibga faqat bir marta (2015 yil) yutqazgan. Ikki marta Toshkentdagi bahsda durang qayd etilgan (2007 va 2014 yillar). Qolgan 6ta o'yinda “qaldirg'ochlar” o'z maydonlarida g'alabaga erishishgan. “Neftchi” safarda bu jamoa darvozasiga 4ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar